Macmillian Publishers: Versiyalar orasidagi farq
„'''Macmillan Publishers''' (baʼzan '''Macmillan Group''' deb ataladi; rasmiy ravishda Buyuk Britaniyada '''Macmillan Publishers Ltd''' va AQSHda '''Macmillan Publishing Group, LLC''') – Britaniya nashriyot kompaniyasi. U anʼanaviy ravishda Penguin Random House, Hachette, HarperCollins va Simon & Schusterlar bilan birgaik ingliz tilidagi „Big Five“ nashriyotlaridan biri hisoblanadi. 1843- yilda shotlandiyalik aka-uka Daniel va A...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi |
(Farq yoʻq)
|
2024-yil 13-iyul, 18:27 dagi koʻrinishi
Macmillan Publishers (baʼzan Macmillan Group deb ataladi; rasmiy ravishda Buyuk Britaniyada Macmillan Publishers Ltd va AQSHda Macmillan Publishing Group, LLC) – Britaniya nashriyot kompaniyasi. U anʼanaviy ravishda Penguin Random House, Hachette, HarperCollins va Simon & Schusterlar bilan birgaik ingliz tilidagi „Big Five“ nashriyotlaridan biri hisoblanadi. 1843- yilda shotlandiyalik aka-uka Daniel va Aleksandr Macmillan tomonidan Londonda asos solingan firma tezda Britaniyada yetakchi nashriyot sifatida oʻzini namoyon qildi. Unda Viktoriya davri bolalar adabiyotining eng mashhur ikkita asari nashr etilgan: Lewis Carrolning (Lyuis Kerrol) Aliceʼs Adventures in Wonderland ("Alisa mo‘jizalar mamlakatida") (1865) va Rudyard Kiplingning The Jungle Book („Jungli kitobi“) (1894)[1][2].
Birlashgan Qirollikning sobiq Bosh vaziri, Birlashgan Qirollikning sobiq Bosh vaziri, asoschilaridan biri boʻlmish Danielning nabirasi Harold Macmillan 1964-yildan 1986-yil dekabr oyida vafot etgunga qadar ushbu kompaniyaning raisi boʻlgan. 1999-yildan boshlab Makmillan Holtzbrinck Publishing Group kompaniyasining toʻliq shoʻba korxonasi boʻlib, ofislari dunyo boʻylab 41 mamlakat va oʻttizdan ortiq boshqa mamlakatlarda vakolatxonalari faoliyat yuritadi..
Tarixi
Macmillan 1843-yilda Londonda Shotlandiyaning Arran orolida ikki aka-uka Daniel va Aleksandr Macmillan tomonidan asos solingan nashriyotlardan biri hisoblanadi Aka ukalar uni yuritishda ishini davom ettirishda ikki xil aspektda yaʼni Daniel biznes bilan shugʻullangan, Aleksandr esa adabiy jihatlarga eʼtibor qaratgan. Buning natijasida esa Charles Kingsley (1855), Thomas Hughes (1859), Francis Turner Palgrave (1861), Christina Rossetti (1862), Metthew Arnold (1865) va Lewis Carroll (1865) kabi taniqli mualliflarning ijod mahsullarini nashr etishga muvaffaq boʻlgan. Carrollning Aleksandr bilan 1863-yil 19-oktabrda Londonda birinchi marta uchrashgan[3]. Alfred, Lord Tennyson 1884-yilda, Tomas Hardiy 1886-yilda va Rudyard Kipling 1890-yilda ushbu roʻyxatga qoʻshilgan[4].
Macmillan tomonidan nashr etilgan boshqa yirik yozuvchilar orasida B. Yeats, Rabindranath Tagore, Nirad C. Chaudhuri, Seán OʻCasey, John Maynard Keynes, Charles Morgan, Hugh Walpole, Margaret Mitchell, C. P. Snow, Rumer Godden va Ram Sharan Sharma kabilar ham bor edi.
Yuqorida sanab oʻtilgan adiblarning adabiy sarlaridan tashqari, kompaniya ''Nature'' (1869), ''Grove Dictionary of Music and Musicians'' (1877) va Sir Robert Harry Inglis Palgravening Dictionary of political Economy (1894–99) kabi doimiy tilda yuruvchi kitoblarni yaratdi.
GeorgeEdward Brett 1869-yilda Qoʻshma Shtatlarda Macmillanning birinchi ofisini ochdi. 1896-yilda Macmillan oʻzining AQShdagi operatsiyalarini Brett oilasiga, Grorge Platt Brett va kichik George Platt Brettga sotib, Amerikaning Macmillan Publishing kompaniyasini yaratdi. The Macmillan Company (keyinchalik Macmillan Inc.) nomi bilan ham tanilgan. Bizneslarining boʻlinishiga qaramasdan, kichik George Brett va Garold Macmillan yaqin doʻst boʻlib qolishdi. Macmillan Publishers Amerika kompaniyasi ulushini 1951-yilgacha, yaʼni undan voz kechgunga qadar saqlab qoldi. 1952-yilda Macmillan Amerika bozoriga St. Martin Press nomi bilan yana kirib keldi[5].
Kanadaning Macmillan kompaniyasi 1905-yilda tashkil etilgan va 1973-yilda Maclean-Hanter tomonidan sotib olingan. Bir nechta qoʻshilishlardan soʻng, Macmillan Canada 2002-yilda tarqatib yuborilgan va uni John Wiley & Co. sotib olgan[6].
1964-yilda siyosatdan nafaqaga chiqqandan soʻng, Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, asoschilaridan biri Danielning nabirasi Harold Macmillan Macmillan Publishers raisi boʻldi. U bu lavozimda 1974-yilgacha ishladi, u raislikni oʻgʻli Maurice Macmillanga[7] topshirdi. U Edward Heathning magʻlubiyatga uchragan hukumatida Paymaster General lavozimini tark etdi. Keyin Harold Macmillan 1986-yil dekabr oyida vafotigacha prezidentning faxriy lavozimini[8] egalladi[9]. Parlamentda muxolifatda boʻlgan bir paytda, u oilaviy firmada 1920-yildan 1940-yilgacha (kichik vazir boʻlganida) va yana 1945-yildan 1951-yilgacha kichik sherik sifatida ishlagan.
Ushbu kompaniya Germaniyaning Holtzbrinck Publishing Group kompaniyasi tomonidan 1999-yilda sotib olindi[10].
21-asrda
Pearson Amerikada Macmillan nomini 1998-yilda, Simon & Schuster taʼlim va professional guruhini sotib olgandan soʻng, turli xil Macmillan Inc. mulklari va savdo belgilarini oʻz ichiga olgan. Holtzbrinck uni 2001- yilda Pearsondan sotib olgan[11]. McGraw-Hill oʻzining bolalar bogʻchasini Macmillan/McGraw-Hill brendi ostida boshlangʻich maktab nomlari orqali sotishda davom etmoqda. 2007-yil oktyabr oyida Holtzbrinck Publishingning AQShdagi operatsiyalari oʻz nomini Macmillanga oʻzgartirdi[12]. Uning audio nashriyot izi Audio Renaissance dan Macmillan Audio ga oʻzgartirildi va tarqatish tarmogʻi Von Holtzbrinck Publishers Services dan Macmillan Publishers Services ga oʻzgartirildi. Xuddi shu oyda Pan Macmillan ingliz bolalar noshiri Kingfisherni Houghton Mifflindan sotib oldi. Roaring Brook Press nashriyotchisi Simon Boughton Kingfisherning AQShdagi biznesini nazorat qiladi[13].
Baʼzi hisob-kitoblarga qaraganda, 2009-yil holatiga koʻra, elektron kitoblar umumiy kitob savdosining 3-5 foizini tashkil etgan va bozorning eng tez oʻsayotgan segmenti boʻlgan[14]. The New York Times ga koʻra, Makmillan va boshqa yirik nashriyotlar Amazon, Barnes & Noble va Sony kabi chakana savdo doʻkonlari tomonidan elektron kitoblarni katta chegirmaga sotilishi isteʼmolchilar kitoblar uchun toʻlashga tayyor boʻlgan narsaning qadrsizlanishidan qoʻrqishgan. Bunga javoban, nashriyot oʻz mualliflari uchun elektron kitoblarni sotishdan tushgan sof tushumning 20 foizi miqdorida avtorlik gonorari belgilagan, bu boshqa yirik nashriyotlarga qaraganda besh foizga pastroq boʻlgan yangi shartnomani taqdim etdi[14]. 2010-yil 27-yanvarda Apple iPad-ning iBookstore ga kirish imkoniyati bilan birga kelgan mahsulot eʼlon qilinganidan soʻng, Macmillan Amazon.com ga ikkita variantni taqdim etdi: chakana sotuvchining tanlagan narxi („wholesale model“) asosida elektron kitoblarni sotishni davom ettirish; qattiq muqovali nashr chiqqandan keyin bir necha oy oʻtgach chiqarilgan elektron kitob nashri bilan yoki Apple tomonidan sanoatga kiritilgan agentlik modeliga oʻtish. Bunda har ikkalasi bir vaqtda chiqariladi va narx nashriyot tomonidan belgilanadi. Ikkinchi holda, Amazon.com 30 foizlik komissiya oladi[15]. Amazon bunga javoban Macmillanning elektron va qogʻoz kitoblarini oʻz veb-saytidan olib tashladi (garchi kitoblar sotuvchi filiallar tomonidan hali ham roʻyxatga olingan boʻlsa ham). 2010-yil 31-yanvarda Amazon Macmillan tomonidan afzal koʻrgan agentlik modelini tanladi[16]. 2012-yil aprel oyida Qoʻshma Shtatlar Adliya vazirligi Apple, Macmillan va boshqa toʻrtta yirik nashriyotni ayblanuvchi sifatida koʻrsatib, Amerika Qoʻshma Shtatlari Apple Inc.ga qarshi sudga murojaat qildi. Sudda ular monopoliyaga qarshi qonunni buzgan holda elektron kitoblar narxini belgilash va Amazon.com ning bozordagi mavqeini zaiflashtirish maqsadida til biriktirganliklari daʼvo qilingan[17]. 2013-yil dekabr oyida federal sudya monopoliyaga qarshi daʼvolar boʻyicha kelishuvni maʼqulladi, unda Macmillan va boshqa nashriyotlar narxlarni belgilash tufayli kitoblar uchun ortiqcha toʻlagan mijozlarga kreditlar taqdim etgan fondga toʻlashdi[18].
Yana qarang
- Buyuk Britaniyadagi eng yirik kitob nashriyotlar roʻyxati
Manbalar
- ↑ Jaques, Zoe. Lewis Carroll's Alice's Adventures in Wonderland and Through the Looking-Glass: A Publishing History. Routledge, 2016-05-06 — 16-bet. DOI:10.4324/9781315592275. ISBN 978-1-317-10552-7.
- ↑ „The Macmillan Jungle Book Colouring Book Free Monkey Pattern Download“. WH Smith. Qaraldi: 2022-yil 17-iyun.
- ↑ Cohen, Morton N.. Lewis Carroll: A Biography. Vintage Books, 1996 — 126-bet. ISBN 9780679745624.
- ↑ „About Pan Macmillan“. Pan Macmillan UK. 2016-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-sentyabr.
- ↑ The Macmillan Story, 2017 — 65-bet.
- ↑ Oberman, Mira. „CDG sells off book list“. The Globe and Mail (2002-yil 12-iyun). Qaraldi: 2024-yil 1-iyun.
- ↑ 'Whoʻs Whoʻ 1981 edition page 1678
- ↑ Milliot, Jim. „Holtzbrinck's U.S. Arm Now Macmillan“ (en). Publishers Weekly (2007-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.
- ↑ Bookseller, Allbusiness.com
- ↑ „News Briefs: Macmillan Rebrands Higher Education Division“ (en). Publishers Weekly (2011-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.
- ↑ „News Briefs: Macmillan Buys Kingfisher“ (en). PublishersWeekly.com (2007-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.
- ↑ Milliot, Jim. „Holtzbrinck's U.S. Arm Now Macmillan“ (en). Publishers Weekly (2007-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.
- ↑ „News Briefs: Macmillan Buys Kingfisher“ (en). PublishersWeekly.com (2007-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.
- ↑ 14,0 14,1 Rich, Motoko. „Macmillan Lowers E-Book Payments for Authors“. The New York Times (2009-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 11-fevral.
- ↑ Motoko Rich and Brad Stone. „Publisher Wins Fight With Amazon Over E-Books“. The New York Times (2010-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 11-fevral.
- ↑ The Amazon Kindle team. „Macmillan E-books“. Kindle Community. Amazon.com (2010-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 11-fevral.
- ↑ Mui, Ylan Q. and Hayley Tsukayama. „Justice Department sues Apple, publishers over e-book prices“. The Washington Post (2012-yil 11-aprel). Qaraldi: 2014-yil 1-iyun.
- ↑ Molina, Brett. „E-book price fixing settlements rolling out“. USA Today (2014-yil 25-mart). Qaraldi: 2014-yil 1-iyun.
Adabiyotlar
- Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Macmillan" Encyclopædia Britannica 17 (11chi nashri) Cambridge University Press p. 264
- Macmillan: A Publishing Tradition. Palgrave Macmillan, 2002. ISBN 0-333-73517-X.
- Morgan, Charles. The House of Macmillan (1843–1943). Macmillan, 1944. ISBN 978-1199630568.
Havolalar
- Rasmiy sayti
- Macmillan Catalogue, January 1893 at Faded Page (Canada)
- The Macmillan Story: Bringing authors and readers together since 1843
- Macmillan at Open Library