Kontent qismiga oʻtish

Sergey Yesenin: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Maysi tod (munozara | hissa)
 
(18 oraliq tahrir tomonidan 12 foydalanuvchi koʻrsatilmagan)
Qator 14: Qator 14:
|imzo =
|imzo =
}}
}}
'''Sergey Aleksandrovich Yesenin''' (3-oktabr, 1895 — 27-dekabr, 1925) — iqtidorli [[Rossiya|rus]] lirik [[shoir]]i va [[yozuvchi]]si. Yesenin „chinakam xalqona shoir“ deb nom taratgan. Shoir oʻz sheʼrlarida oddiy xalq, dehqonlar, rus qishlogʻidagi hayot va [[tabiat]] haqida yozgan. 20-asrning eng mashhur rus shoirlaridan boʻlishiga qaramay, Yesenin 30 yoshida [[Oʻzini oʻldirish|oʻz joniga qasd qilgan]]. Sergey Yeseninning sheʼrlarini [[oʻzbeklar|oʻzbek]] shoiri [[Erkin Vohidov]] buyuk mahorat bilan [[oʻzbek tili]]ga tarjima qilgan.
'''Sergey Aleksandrovich Yesenin''' (3-oktabr, 1895 — 28-dekabr, 1925) — iqtidorli [[Rossiya|rus]] lirik [[shoir]]i va [[yozuvchi]]si. Yesenin „chinakam xalqona shoir“ deb nom taratgan. Shoir oʻz sheʼrlarida oddiy xalq, dehqonlar, rus qishlogʻidagi hayot va [[tabiat]] haqida yozgan. 20-asrning eng mashhur rus shoirlaridan boʻlishiga qaramay, Yesenin 30 yoshida [[Oʻzini oʻldirish|oʻz joniga qasd qilgan]]. Sergey Yeseninning sheʼrlarini [[oʻzbeklar|oʻzbek]] shoiri [[Erkin Vohidov]] buyuk mahorat bilan [[oʻzbek tili]]ga tarjima qilgan.


== Hayoti ==
== Hayoti ==
Qator 35: Qator 35:


<poem>
<poem>
Do svidanya, drug moy, do svidanya.
До свиданья, друг мой, до свиданья.
Miliy moy, ti u menya v grudi.
Милый мой, ты у меня в груди.
Prednaznachennoe rasstavane
Предназначенное расставанье
Obeщaet vstrechu vperedi.
Обещает встречу впереди.


Do svidanya, drug moy, bez ruki, bez slova,
До свиданья, друг мой, без руки, без слова,
Ne grusti i ne pechal brovey, —
Не грусти и не печаль бровей, —
V etoy jizni umirat ne novo,
В этой жизни умирать не ново,
No i jit, konechno, ne novey.
Но и жить, конечно, не новей.
</poem>
</poem>
| width="50%" style="background:#f6f6f6;" | <small>''Erkin Vohidov tarjimasi''</small>
| width="50%" style="background:#f6f6f6;" | <small>''Erkin Vohidov tarjimasi''</small>
Qator 68: Qator 68:
== Havolalar ==
== Havolalar ==
[http://www.e-adabiyot.uz/kitoblar/nazm/192-fors-taronalari.html „Fors taronalari“ sheʼrlar toʻplami] {{Webarxiv|url=https://web.archive.org/web/20120713005756/http://e-adabiyot.uz/kitoblar/nazm/192-fors-taronalari.html |date=2012-07-13 }}
[http://www.e-adabiyot.uz/kitoblar/nazm/192-fors-taronalari.html „Fors taronalari“ sheʼrlar toʻplami] {{Webarxiv|url=https://web.archive.org/web/20120713005756/http://e-adabiyot.uz/kitoblar/nazm/192-fors-taronalari.html |date=2012-07-13 }}
{{Ovozli Vikipediya|sana=2023-04-17|Sergey_Yesenin_(1).ogg}}


[[Turkum:Adiblar]]
[[Turkum:Adiblar]]
Qator 73: Qator 74:
{{OʻzME}}
{{OʻzME}}
[[Turkum:Shoirlar]]
[[Turkum:Shoirlar]]
[[Turkum:Rossiya imperiyasida tugʻilganlar]]

2024-yil 3-sentyabr, 09:34 dagi (joriy) koʻrinishi

Sergey Yesenin
Серге́й Алекса́ндрович Есе́нин
Tavalludi 3-oktyabr 1895-yil
Konstantinovo, Rossiya imperiyasi
Vafoti 27-dekabr 1925-yil(1925-12-27)
(30 yoshda)
Sankt Peterburg, SSRI
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, Russian Republic, Rossiya SFSR va SSSR

Sergey Aleksandrovich Yesenin (3-oktabr, 1895 — 28-dekabr, 1925) — iqtidorli rus lirik shoiri va yozuvchisi. Yesenin „chinakam xalqona shoir“ deb nom taratgan. Shoir oʻz sheʼrlarida oddiy xalq, dehqonlar, rus qishlogʻidagi hayot va tabiat haqida yozgan. 20-asrning eng mashhur rus shoirlaridan boʻlishiga qaramay, Yesenin 30 yoshida oʻz joniga qasd qilgan. Sergey Yeseninning sheʼrlarini oʻzbek shoiri Erkin Vohidov buyuk mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Sergey Yesenin 1895-yil 3-oktabrda Rossiyaning Ryazan shahri atrofidagi Konstantinovo qishlogʻida tavallud topgan. Hozirgi kunda bu qishloq Yesenin qishlogʻi deb ataladi. Yesenin 1920-yillarda bir necha marotaba AQShga va Yevropaga borgan. Umrining oxirida Yeseninning hayoti algʻov-dalgʻov boʻlib ketgan. 1925-yil Sankt Peterburgdagi Angleter mehmonxonasida Yesenin oʻzini osib qoʻygan.[1] Shoir Moskvada dafn etilgan.

Shoir sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yeseninning birinchi sheʼriy toʻplami „Radunitsa“ 1916-yilda chop etilgan. Ilk sheʼriy toʻplamidayoq shoir qalb holatlarini nozik tuygʻularda berishni, tabiat bilan bogʻliq ruhiy kechinmalarni ifodalashning ustasi, qishloq hayoti, xalq tili va qalbining bilimdoni ekanligini namoyish etgan. 1919-1922-yillarda Yesenin imajinist (ijodning maqsadini asarning mazmuniga mos kelishi shart boʻlmagan obrazlarni oʻylab topishda deb tushunuvchi)lar guruhida boʻlgan.

„Moskva mayxonalari“ (1924) va boshqa turkum sheʼrlarida, „Qora odam“ (1925) dostonida shahar hayotining yaramas tomonlari, qishloqni xonavayron qilayotgan „taraqqiyot“ haqqoniy aks ettirilgan. Yesenin „Anna Snegina“ (1925) dostoni hamda „Shoʻro Rusi“, „Zamin dargʻasi“ (1925) toʻplamlarida „kommuna oyoqqa turgʻizayotgan Rus“ni anglashga harakat qilsa ham, oʻzini „oʻtmishga aylanayotgan Rus“ning shoiri deb bildi.

1924-1925-yillarda Yesenin Oʻrta Osiyo va Kavkazorti mintaqalarida sayohatda boʻlgan. Yesenin qisqa boʻlsa-da Toshkentda ham yashagan, Samarqand shahrida boʻlgan. Yeseninning „Fors taronalari“ (1924-1925) deb nomlangan sheʼrlar turkumi Kavkazort oʻlkalarga sayohat chogʻida yaratilgan. „Fors taronalari“ sheʼrlar turkumi Hofiz, Saʼdiy Sheroziy, Umar Xayyom kabi sharq ijodkorlariga cheksiz hurmat-ehtirom mahsuli sifatida dunyoga keldi.

„Tanlangan sheʼrlar“, „Zamin dargʻasi“, „Lirika: sheʼrlar, dostonlar“ sheʼriy toʻplamlari Erkin Vohidov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1965, 1970, 1981). 1985-yil Toshkentda shoirning uy-muzeyi ochilgan.

Yesenin oʻlimidan bir kun avval doʻstiga atab sheʼr yozgan. Shoirning eng mashhur misralaridan biriga aylangan bu sheʼrni Erkin Vohidov oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan:

Rus tilida

Do svidanya, drug moy, do svidanya.
Miliy moy, ti u menya v grudi.
Prednaznachennoe rasstavane
Obeщaet vstrechu vperedi.

Do svidanya, drug moy, bez ruki, bez slova,
Ne grusti i ne pechal brovey, —
V etoy jizni umirat ne novo,
No i jit, konechno, ne novey.

Erkin Vohidov tarjimasi

Xayr endi, xayr, doʻstginam,
Bagʻrimdasan, koʻngil malhami.
Muqarrar bu ayriliqning ham
Visoli bor oldinda hali.

Xayr, doʻstim, soʻzga ochma lab,
Qoʻy, men uchun oʻrtama bagʻir,
Bu hayotda oʻlmoq-ku bor gap,
Yashamoq ham yangimas, axir!

Yozuvchi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yesenin faqat sheʼr yozib qolmay bir qancha hikoya ham yozgan. „Jar“ (1916) qissasi, „Bobil va Drujok“ (1917) hikoyasi, „Temir Mirgorod“ ocherkida Yeseninning nasriy imkoniyatlarini namoyish etgan.

  1. "Sergey Aleksandrovich Yesenin". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft Corporation. 2008.

„Fors taronalari“ sheʼrlar toʻplami (Wayback Machine saytida 2012-07-13 sanasida arxivlangan)

Ushbu maqolani tinglang (5 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 17-aprel, 2023-yil(2023-04-17) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.