Alvaro Morata: Versiyalar orasidagi farq
Nhakimjonov (munozara | hissa) |
k r2.7.1) (Bot Qoʻshdi: ko:알바로 모라타 |
||
Qator 103: | Qator 103: | ||
[[hr:Álvaro Morata]] |
[[hr:Álvaro Morata]] |
||
[[ja:アルバロ・モラタ]] |
[[ja:アルバロ・モラタ]] |
||
[[ko:알바로 모라타]] |
|||
[[pl:Álvaro Morata]] |
[[pl:Álvaro Morata]] |
||
[[pt:Álvaro Borja Morata Martín]] |
[[pt:Álvaro Borja Morata Martín]] |
2012-yil 6-avgust, 20:51 dagi koʻrinishi
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Álvaro Borja Morata Martín | ||
Tavallud sanasi | 23-oktyabr 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Madrid, Ispaniya | ||
Boʻyi | 187 sm | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Real Madrid | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2005–2007 2007–2008 |
Atletiko Madrid Xetafe | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008–2012 2012 - hz. |
Real Madrid Kastilya Real Madrid |
(65 (32) 2) | |
Milliy terma jamoa | |||
2009 2010 2010 |
Ispaniya U-17 Ispaniya U-18 Ispaniya U-19 |
(6 (2) 2 (3) 13 (11)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Alvaro Borxa Morato Martin (ispancha: Álvaro Borja Morata Martín; 23 oktabr 1992, Mostoles, Madrid) ispaniyalik futbolchi, Real Madrid va Ispaniya yoshlar terma jamoasi hujumchisi.
Faoliyati
Klubdagi
2008 yili Real Madrid Alvaroni Xetafening yoshlar jamoasidan sotib oldi va Real Madridning "Juvenil C" jamoasi tarkibiga qo'shildi. 2009 yil noyabr oyida "Juvenil"larning barchasida (A, B va C) va "Real Madrid C" jamoasida ketma-ket o'yinlarida ishtirok etdi. 2010 iyul oyida "Juvenil A" jamoasida o'tkazgan muvaffaqiyatli ishtiroki (ikkita titul va 34 ta gol) natijasida Real Madrid Kastilya jamoasiga o'tkazildi. Keyinchalik Real Madrid bosh murabbiyi Jose Mourinho uni va to'rtta klubdoshini AQShga mavsumoldi safarga olib ketdi.
2010 yil 15-avgustda Alkorkon jamoasi bilan bo'lgan o'yinda Real Madrid Kastilya safida debyutini o'tkazdi. Ligada esa shu yilning 29-avgustida "Korusho" bilan bo'lgan o'yinda debyut qildi. Birinchi golini 31-oktyabr kuni "Alkala" darvozasiga kiritdi[1].
2010 yil 12-dekabrda Realning birinchi jamoasi safida ilk o'yinda Saragosaga qarshi 89-daqiqada Angel di Maria o'rniga maydonga tushdi. O'n kundan so'ng, Qirollik kubogi o'yinlarida ham Levantega qarshi (8:0) debyutini nishonladi. 2011 yilning yanvarida Gonzalo Higuaín jarohat olganidan so'ng, Alvaroni ko'pchilik mutaxassislar asosiy tarkibga qo'shiladi degan fikrlar bergandilar. Ammo Mourinho bu tanlovdan voz kechdi. O'sha kezlarda Morata 4 ta o'yinda ketma-ket 5 ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi, lekin jamoa Emmanuel Adebayor bilan shartnoma imzoladi. 13-fevral kuni u faoliyatidagi birinchi xet-trigini "Deportivo B"ga qarshi kechgan uchrashuvda nishonladi.
Terma jamoadagi
2009 yili Morata 17 yoshgacha o'tkazilgan jahon chempionatiga chaqirildi, u yerda 4 ta o'yinda 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ispaniya federatsiyasi Yaponiyada o'tkazilgan 19 yoshgacha xalqaro turnirga Alvaroni ham chaqirdi[2]. Ushbu turnirda uning jamoasi Yaponiyaga g'alabani boy berib, ikkinchi o'rinni egallashdi.
Ishtirok etish statistikasi
- 2011 yil 29 may holatiga.
Jamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Xalqaro | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
O' | G | O' | G | O' | G | O' | G | ||
Real Madrid Kastilya | 2010/11 | 28 | 15 | — | — | 28 | 15 | ||
Всего | 28 | 15 | — | — | 28 | 15 | |||
Real Madrid | 2010/11 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 |
Jami | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | |
Jami faoliyatidagi | 25 | 13 | 1 | 0 | 0 | 0 | 30 | 15 |
Erishgan natijalari
Real Madrid
- Ispaniya kubogi sohibi: 2010/11
Ispaniya yoshlar terma jamoasi
- Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati bronza medali sohibi: 2009
- 19 yoshgacha Yevropa chempioni: 2011
Xususiyati
Ikkinchi qavatda yaxshi o'ynaydi, tez harakatlanadi va gol sezish qobiliyati kuchli. Morataning o'ynash uslubiga qarab, Real Madridning sobiq hujumchisi Fernando Morientesga ham ko'pchilik o'xshatadi.
Izohlar
- ↑ El Alcorcón cae ante un buen Real Madrid Castilla
- ↑ Convocatoria Torneo Internacional de Japón Sub-19
Havolalar
- Real Madridning rasmiy saytidagi sahifasi (ingl.) (isp.)