Kontent qismiga oʻtish

Tunnel effekti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2022-yil 7-oktyabr, 10:41 dagi Khasan azim1 (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Tunnel effekti — mikrozarralar (elektron, atom va boshqalar) ning potensial toʻsiq (zarraning potensial energiyasi uning toʻliq energiyasidan katta boʻlgan soha)dan oʻtish hodisasi. Tunnel effekti toʻsiq sohasida zarra impulyelari (va energiyalari)ning sochilishi deb tushuntirish mumkin bulgan kvant effektidir. Kvant tabiatga ega bulgan mikrozarraning toʻliq energiyasi potensial energiyasidan kichik boʻlsada, uning toʻsiqdan oʻtish ehtimolligi noldan katta zarralarning toʻlqin xossalariga asoslangan. Agar mikrozarra kengligi g boʻlgan potensial urada v tezlik bilan harakatlansa, u har soniyada oʻrtacha vGʻr marta ura devoriga yakinlashadi. Tunnel effekti toʻsiqning shaffoflik koeffitsiyenti bilan izoxlanib, uning sodir boʻlish ehtimolligi iGʻr kattalikning toʻsiqning shaffoflik koeffitsiyenta D ga koʻpaytmasiga teng. D potensial toʻsiqning kengligi va balandligiga bogʻliq boʻlib, toʻsiqdan oʻtgan zarralar sonining toʻsiqqa ichkaridan urilayotgan zarralar soniga nisbati orqali aniqlanadi. Potensial toʻsiq qancha tor va zarra energiyasi toʻsiqning balandligiga qancha yaqin boʻlsa, Tunnel effekti ehtimoli shuncha yuqori boʻladi. Tunnel effekti tufayli avtoelektron emissiya hodisasi, qattiq jismning elektron oʻtkazuvchanligi, termoyadro reaksiyalari va boshqa sodir boʻladi. Tunnel effektni oʻrganish yarimoʻtkazgichli tunnel diodlarini yaratishga va amalda qoʻllashga imkon beradi.

Manbalar