Turk tili
Turk tili | |
---|---|
Milliy nomi | Türk dili, Türkçe |
Mamlakatlar | Turkiya, Shimoliy Kipr, Iroq, Bolgariya, Yunoniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, Oʻzbekiston, Olmoniya, Niderlandlar |
Rasmiylik holati | Turkiya |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 83 million |
Turkumlanishi | |
Til oilasi | |
Alifbosi | lotin |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | tr |
ISO 639-2 | tur |
ISO 639-3 | tur |
Turk tili (Turkcha: Türkçe) — soʻzlashuvchisi eng koʻp bolgan turkiy til. Turk tilida gaplashuvchilar asosan Turkiyada yashashadi. Shimoliy Kipr, Iroq, Bolgariya, Yunoniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, Oʻzbekiston, Olmoniya, Niderlandlar kabi davlatlarida ham turk tilida gaplashuvchilar bor.
Turk tili — turkiy tillardan biri. Asosan, Turkiyada, shuningdek, Iroq, Suriya, Eron, Ruminiya, Bolgariya, Gretsiya, Rossiya, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Kipr oroli, Makedoniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Turkiya Respublikasining va Kipr Respublikasining (grek tili bilan birga) rasmiy tili hisoblanadi. Oʻtgan asr oxirlarida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 55 mln. ga yaqin (Turkiyaning oʻzida 50 mln. dan ortiq) kishini tashkil etgan. Dialektal jihatdan Turkiyada Sharqdagi, ayniqsa, Anatoliya shimoli-sharqidagi mintaqa ozarbayjon tiliga oʻxshashlik belgilari bilan ajralib turadi. Anatoliyaning boshqa qismi hamda sharqiy frakiya shevalari, shuningdek, boshqa mamlakatlardagi Turk tili lahjalari oʻzaro unchalik farq qilmaydi.
Turk tilining fonetik oʻziga xosliklari: soʻz boshidagi va oʻrtasidagi j undoshining qarindosh turkiy tillardagi boshqa oʻxshash tovushlarga toʻgʻri kelishi, soʻz boshidagi rv, td, kg jarangeizlari va jaranglilarining farqlanishi va singarmonizmning mavjudligi, bir qancha soʻzlarda portlovchi v oʻrniga sirgʻaluvchi v undoshining kelishi; boshqa turkiy tillardagi "vo1" feʼlining "ol" tarzida qoʻllanishi va boshqa Morfologik belgilaridan mis shaklli sifatdoshning qipchoq va boshqa bir qancha turkiy tillardagi gan shaklli sifatdosh bilan vazifadoshligi; dik shaklli qad. harakat nomi va uog shaklli aniq hozirgi zamon feʼlining faol qoʻllanishi va boshqa ni koʻrsatish mumkin.
Adabiy Turk tili hozirgi shaklida 19-asr oʻrtalaridan shakllana boshlaydi. Bu davrda oʻrta asr adabiy tili (eski turk yoki usmonli turk tili) arabcha, forscha elementlarga boy boʻlgan. 20-asrning 20-yillaridagi islohotlardan soʻng adabiy til umumxalq soʻzlashuv tili bilan yaqinlashdi. Eski Turk tili ning arab yozuvida bitilgan yodgorliklari 13-asrdan boshlab mavjud. Dastlabki yodgorliklarda sharqiy turkiy (qoraxoniyuygʻur) adabiy tilining sezilarli taʼsiri bor. Hozirgi yozuvi 1929-yildan lotin grafikasi asosida.
Grammatikasi
Kelishiklar
Turk tilida 6 ta kelishik bor.
Kelishiklar | Kelishik koʻrsatkichlari | Kelishik savollari | Misollar | |
---|---|---|---|---|
1 | Bosh kelishik (Yalın hâl) |
— | Kim? Ne? Nere(si)? (Kim? Nima? Qayer?) |
anne, üzüm, balık, Tokat, Ankara (ona, uzum, baliq, Toʻkot, Anqara) |
2 | Tushum kelishigi (Belirtme hâli) |
-ı, -i, -u, -ü -yı, -yi, -yu, -yü |
Kimi? Neyi? Nereyi? (Kimni? Nimani? Qayerni?) |
anneyi, üzümü, balığı, Tokatʼı, Ankaraʼyı (onani, uzumni, baliqni, Toʻkotni, Anqarani) |
3 | Joʻnalish kelishigi (Yönelme hâli) |
-a, -e, -ya, -ye |
Kime? Neye? Nereye? (Kimga? Nimaga? Qayerga?) |
anneye, üzüme, balığa, Tokatʼa, Ankaraʼya (onaga, uzumga, baliqga, Toʻkotga, Anqaraga) |
4 | Oʻrin-payt kelishigi (Bulunma hâli) |
-da, -de, -ta, -te | Kimde? Ne(y)de? Nerede? (Kimda? Nimada? Qayerda?) |
annede, üzümde, balıkta, Tokatʼta, Ankaraʼda (onada, uzumda, baliqda, Toʻkotda, Anqarada) |
5 | Chiqish kelishigi (Ayrılma hâli) |
-dan, -den, -tan, -ten | Kimden? Ne(y)den? Nereden? (Kimdan? Nimadan? Qayerdan?) |
anneden, üzümden, balıktan, Tokatʼtan, Ankaraʼdan (onadan, uzumdan, baliqdan, Toʻkotdan, Anqaradan) |
* | Qaratqich kelishigi (Tamlayan hâli) |
-ın, -in, -un, -ün -nın, -nin, -nun, -nün |
Kimin? Neyin? Nerenin? (Kimning? Nimaning? Qayerning?) |
annenin, üzümün, balığın, Tokatʼın, Ankaraʼnın (onaning, uzumning, baliqning, Toʻkotning, Anqaraning) |
* | Koʻmakchi kelishik (Araç hâli) |
-la, -le, -yla, -yle |
Kim(in)le? Neyle? Nereyle? (Kim bilan? Nima bilan? Qayer bilan?) |
anneyle, üzümle, balıkla, Tokatʼla, Ankaraʼyla (ona bilan, uzum bilan, baliq bilan, Toʻkot bilan, Anqara bilan) |
Havolalar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |