Moʻtadil iqlim
Muʼtadil iqlim - Quyosh zenitgacha koʻtarilmaydigan moʻʼtadil mintaqa iqlimi. M. i. 3 toifa: moʻʼtadil dengiz, moʻʼtadil kontinental va moʻʼtadil musson iqlimlariga bulinadi. Moʻʼtadil dengiz iqlimida yil davomida xavo seryogʻin, qishi nisbatan iliq boʻladi. Yozi esa jazirama, havo t-rasining yillik amplitudasi unchalik katta boʻlmaydi (10° — 15° atrofida). Bunga Gʻarbiy Yevropa iqlimi misol boʻlishi mumkin. Moʻʼtadil kontinental iqlimda qishlari sovuq, yozlari issiq, traning yillik amplitudasi 40° atrofida, yogʻin miqdori juda kam boʻladi. Bunga dengizdan yiroq yerlarning iqlimi kiradi. Moʻʼtadil musson iqlimida qishlari sovuq, qor kam yogʻadi va yozlari u qadar jazirama issiq boʻlmasdan, yogʻin mikdori nisbatan koʻp boʻladi. Traning yillik amplitudasi yetarlicha katta (t<30°). Bunga Shim. Xitoy va Uzoq Sharq iqlimi misol boʻla oladi. [1]
Manbalar
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |