Kontent qismiga oʻtish

Unvon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2013-yil 11-may, 20:33 dagi CoderSIBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Unvon — vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan va beriladigan nom. Bu alohida shaxsning xizmatlari yoki kasb, xizmat, ilmiy va b. malakalari rasman eʼtirof etilganligini tasdiklaydi. U. belgilash, berish va undan mahrum etish tartiblari, shuningdek, U. bilan bogʻliq boʻlgan huquq va majburiyatlar qonun hamda boshqa normativ qujjatlar bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Faxriy (q. Faxriy unvonlar), harbiy (q. Harbiyunvonlar), ilmiy (q. Ilmiy unvon), maxsus professional, sport, akademik U., turli mukofot, konkurs laureatlari U. i va shu kabilar bor. Prokuratura organlaridagi prokuror va tergovchilar uchun belgilangan U. chin, diplomatiya xodimlari uchun belgilangan U. diplomatiya daraja va martabalari deb ataladi.