Kontent qismiga oʻtish

Levenguk Antoni van

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LEVENGUK (Leeuwenhoek) Antoni van (1632.24.10 - Delft - 1723.26.8) — golland tabiatshunosi, ilmiy mikroskopiya asoschisi, London qirollik jamiyati aʼzosi (1680 y.dan). Optik shishalarni silliqlash sanʼatini egallagan (deyarli 300 marta kattalashtiradigan linzalar tayyorlagan). Oʻzi tayyorlagan linzalar yordamida birinchi boʻlib mikroskopik organizmlar (xususan, bakteriyalar), qonning kapillyarlarda harakatlanishi, eritrotsitlar, alohida oʻsimlik va hayvon xujayralari, tuxum va murtakni kuzatgan; muskul toʻqimasi, oʻsimlik va hayvonlarning organlari va b. qismlarini tasvirlab bergan. Birinchi marta oʻsimlik zararkunandalari — shiralarda partenogeneznn tasvirlagan. S. Gam bilan birgalikda odam va hayvonlar spermatozoidlarnni tasvirlab bergan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil