Turk tili
Turk tili | |
---|---|
Milliy nomi | Türk dili, Türkçe |
Mamlakatlar | Turkiya, Shimoliy Kipr, Iroq, Bolgariya, Yunoniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, O‘zbekiston ,Olmoniya, Niderlandlar |
Rasmiylik holati | Turkiya |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 83 million |
Til oilasi | |
Alifbosi | lotin |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | tr |
ISO 639-2 | tur |
ISO 639-3 | tur |
Turk tili (Turkcha: Türkçe) — soʻzlashuvchisi eng koʻp bolgan turkiy til. Turk tilida gaplashuvchilar asosan Turkiyada yashashadi. Shimoliy Kipr, Iroq, Bolgariya, Yunoniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, Oʻzbekiston ,Olmoniya, Niderlandlar kabi davlatlarida ham turk tilida gaplashuvchilar bor.
Turk tili — turkiy tillarpgm biri. Asosan, Turkiyada, shuningdek, Iroq, Suriya, Eron, Ruminiya, Bolgariya, Gretsiya, Rossiya, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Kipr oroli, Makedoniya va b. mamlakatlarda tarqalgan. Turkiya Respublikasining va Kipr Respublikasining (grek tili bilan birga) rasmiy tili hisoblanadi. Oʻtgan asr oxirlarida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 55 mln. ga yakin (Turkiyaning oʻzida 50 mln. dan ortiq) kishini tashkil etgan. Dialektal jihatdan Turkiyada Sharqdagi, ayniqsa, Anatoliya shim.sharqidagi mintaqa ozarbayjon tiliga oʻxshashlik belgilari bilan ajralib turadi. Anatoliyaning boshka qismi hamda sharqiy frakiya shevalari, shuningdek, boshqa mamlakatlardagi T.t. lahjalari oʻzaro unchalik farq qilmaydi.
T.t.ning fonetik oʻziga xosliklari: soʻz boshidagi va oʻrtasidagi j undoshining qarindosh turkiy tillardagi boshqa oʻxshash tovushlarga toʻgʻri kelishi, soʻz boshidagi rv, td, kg jarangeizlari va jaranglilarining farqlanishi va singarmonizmning mavjudligi, bir qancha soʻzlarda portlovchi v oʻrniga sirgʻaluvchi v undoshining kelishi; boshqa turkiy tillardagi "vo1" feʼlining "ol" tarzida qoʻllanishi va b. Morfologik belgilaridan mis shaklli sifatdoshning qipchoq va b. bir qancha turkiy tillardagi gan shaklli sifatdosh bilan vazifadoshligi; dik shaklli qad. harakat nomi va uog shaklli aniq hoz. zamon feʼlining faol qoʻllanishi va b. ni koʻrsatish mumkin.
Adabiy T.t. hoz. shaklida 19-a. oʻrtalaridan shakllana boshlaydi. Bu davrda oʻrta asr adabiy tili (eski turk yoki usmonli turk tili) arabcha, forscha elementlarga boy boʻlgan. 20-a.ning 20-y.laridagi islohotlardan soʻng adabiy til umumxalq soʻzlashuv tili bilan yaqinlashdi. Eski T.t. ning arab yozuvida bitilgan yodgorliklari 13-a.dan boshlab mavjud. Dastlabki yodgorliklarda sharqiy turkiy (qoraxoniyuygʻur) adabiy tilining sezilarli taʼsiri bor. Hoz. yozuvi 1929 y.dan lotin grafikasi asosida.
Grammatikasi
Kelishiklar
Turk tilida 5 ta kelishik bor.
Kelishiklar | Kelishik ko‘rsatkichlari | Kelishik savollari | Misollar | |
---|---|---|---|---|
1 | Bosh kelishik (Yalın hâl) |
— | Kim? Ne? Nere(si)? (Kim? Nima? Qayer?) |
anne, üzüm, balık, Tokat, Ankara ona, uzum, baliq, Toʻkot, Onkoro |
2 | Tushum kelishigi (Belirtme hâli) |
-ı, -i, -u, -ü -yı, -yi, -yu, -yü |
kimi? neyi? nereyi? (Kimni? Nimani? Qayerni?) |
anneyi, üzümü, balığı, Tokatʼı, Ankaraʼyı onani, uzumni, baliqni, Toʻkotni, Onkoroni |
3 | Joʻnalish kelishigi (Yönelme hâli) |
-a, -e, -ya, -ye |
kime? neye? nereye? (Kimga? Nimaga? Qayerga?) |
anneye, üzüme, balığa, Tokatʼa, Ankaraʼya onaga, uzumga, baliqga, Toʻkotga, Onkoroga |
4 | Oʻrin-payt kelishigi (Bulunma hâli) |
-da, -de, -ta, -te | kimde? ne(y)de? nerede? (Kimda? Nimada? Qayerda?) |
annede, üzümde, balıkta, Tokatʼta, Ankaraʼda onada, uzumda, baliqda, Toʻkotda, Onkoroda |
5 | Chiqish kelishigi (Ayrılma hâli) |
-dan, -den, -tan, -ten | kimden? ne(y)den? nereden? (Kimdan? Nimadan? Qayerdan?) |
anneden, üzümden, balıktan, Tokatʼtan, Ankaraʼdan onadan, uzumdan, baliqdan, Toʻkotdan, Onkorodan |
* | Qaratqich kelishigi (Tamlayan hâli) |
-ın, -in, -un, -ün -nın, -nin, -nun, -nün |
kimin? neyin? nerenin? (Kimning? Nimaning? Qayerning?) |
annenin, üzümün, balığın, Tokatʼın, Ankaraʼnın onaning, uzumning, baliqning, Toʻkotning, Onkoroning |
* | Koʻmakchi kelishik (Araç hâli) |
-la, -le, -yla, -yle |
kim(in)le? neyle? nereyle? (Kim bilan? Nima bilan? Qayer bilan?) |
anneyle, üzümle, balıkla, Tokatʼla, Ankaraʼyla ona bilan, uzum bilan, baliq bilan, Toʻkot bilan, Onkoro bilan |
Havolalar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |