James Bond
Jeyms Bond | |
inglizcha: James Bond | |
[[File:Fayl:Fleming007impression.jpg|220px|Portret]] | |
Aktyor Sean Connery James Bond timsolida | |
Ijodkor: | Ian Fleming |
Asarlari: | Bondianalar |
Jinsi: | erkak |
Millati: | ingliz |
Unvoni: | Britaniya harbiy dengiz floti kommanderi, maxsus xizmat zobiti |
Rolni ijro etadi: | Daniel Craig (2006-yildan) |
Vikiombori | Vikiombordagi fayllar |
James Bond (inglizcha: James Bond, talaffuz qilinishi – ‘Jeyms Bond’), yoki agent 007 – Buyuk Britaniyalik taniqli jurnalist va yozuvchi Ian Fleming qalamiga mansub romanlarning bosh qahramoni, Britaniya harbiy dengiz floti kommanderi, Qirolichaga boʻysunuvchi MI6 maxfiy josuslik xizmati zobiti, Muqaddas Mixail va Muqaddas Georgiy ordeni sohibi. Bond haqidagi filmlar (Bondianalar) tarixdagi eng davomiy filmlardan biridir. 1962-yildan boshlab hozirgi kunga qadar 24 ta film ekranga chiqdi (oʻrtacha har ikki yilda bitta film) va ular oʻz ijodkorlariga 6 milliard AQSh dollaridan ortiq daromad keltirdi[1].
Bosh qahramon – James Bondning paydo boʻlishi
Buyuk Britaniyalik sobiq jurnalist, yozuvchi Ian Fleming ikkinchi jahon urushi davrida Britaniya harbiy-dengiz razvedka xizmati boshligʻining yordamchisi boʻlib xizmat qilgan. Xizmat davrida u razvedka arxividan mashhur josus Seadney Raily haqidagi hikoyalarni topib oladi va ishtiyoq bilan oʻqib chiqadi. Hikoyalardan ilhomlangan Fleming “Casino Royale” nomli roman yozadi. Ushbu roman unga mashhurlik olib keladi. Asarning bosh qahramoni sifatida professional josus ’’James Bond’’ tasvirlangan.
James Bond — nihoyatda tavakkalchi, choʻrtkesar va oʻziga ishongan, shu bilan birga, ayollar, qimor va spirtli ichimliklarga ishtiyoqi baland inson. Ian Fleming Seadney Railydan boshqa tarixda nom qoldirgan yana bir nechta josusning tabiati, tashqi koʻrinishi va boshqa jihatlarini oʻrganib chiqadi va ularni birlashtirib, James Bond timsolida tasvirlaydi. Ular quyidagilar:
- Bruce Lochhart: 1918-yilda Vladimir Leninga suiqasd uyushtirgan aygʻoqchi va diplomat.
- Paul Dukes: Professional josus, harbiy. Qizil Armiya zobiti.
- George Hill: Seadney Railyning yaqin hamkori.
- Bulldog Drummond, Herman Cyril McNeile: SSRIda uzoq muddat ishlagan josuslar.
- Wilfrid Dunderdale: SSRI va Fransiyada agent bo'lgan diplomat[2].
- Merlin Minshall: Buyuk Britaniyaning Buxarestdagi konsulligi xodimi.
- Alexander Gleen: Britaniyaning Belgraddagi konsulligi attashesi.
Ian Fleming havas bilan qaragan kishilar orasida James Bond ismli professor ornitolog ham bor edi. Agent James Bond haqidagi filmlar ommaga tanilib ketgani ornitologning kayfiyatini tushirib yuborgan va u shaxsan Fleming bilan uchrashib, o’zining noroziligini aytgan. Bunga javoban Fleming janob Bonddan uzr so’ragan va unga qushlar sovgʻa qilgan. 007 — Agent James Bondning MI6 xizmatidagi tartib raqami. Nima uchun shu raqam tanlangani haqida turli taxminlar bor. Ulardan biri - Britaniyalik josus John Dee tomonidan Qirolicha Yelizaveta Iga yuborilgan hisobotlarida agent Dee 007 raqamlarini eslatuvchi ikki doira va o’tkir burchak tasvirlangan imzo qoʻygan. Buning ma’nosi – “Faqat Qirolichaning ko’zlari uchun” deganidir[3]. Hazrati Oliyalarining maxfiy xizmatida filmida James Bondning otasi shotlandiyalik Andrew Bond, onasi esa fransuz Monic Delacroix ekanligi eslatilgan. Shuningdek, 007:Skyfall filmidan uning Shotlandiyaning Skayfoll qishlogʻida tugʻilganligi maʻlum. Uning tugʻilgan sanasi haqida turli taxminlar bor.
James Bondning narsalari
James Bond har bir vazifani bajarish oldidan MI6 idorasining texnik boʻlimi muhandisi, mayor Boothroyd (Q) tomonidan ishlov berilgan toʻpponcha, avtomobil, qoʻl soati va boshqa qurilmalarni oladi.
Toʻpponchasi
Ian Fleming toʻpponchalar haqida kamroq maʻlumotga ega edi. Asarlarining bosh qahramoniga u 6.35 millimetrli “Beretta 418” qurolini “tutqazadi”. Asarni oʻqib koʻrgan britaniyalik qurolsoz Geoffrey Boothroyd Flemingga oʻziga xos eslatma bergan va Walther PPK toʻpponchasini maslahat bergan. Shu tariqa, filmlar orqali Walther PPK toʻpponchasi dunyoga tanildi. Qurolni ishlab chiqarayotgan Walther zavodi, koʻproq foyda olish uchun James Bondning qoʻliga toʻpponchaning yangidan-yangi modellarini “bergan”. Ertangi kun doim bor, Dunyo ham kam, Boshqa kun filmlaridan tashqari hamma filmlarda shu toʻpponchadan Bond foydalangan.
Manbalar
- ↑ Movie Franchises — Box Office History
- ↑ Лента новостей Euronews: Общество: Британия-Бонд-Прототип
- ↑ Philip Gardiner. The Bond Code: The Dark World of Ian Fleming and James Bond