Dusseldorf
| ||||
---|---|---|---|---|
Tashkil topgan sanasi |
1135-yil | |||
Maydoni |
217,21 km² | |||
Aholisi |
588.735 kishi | |||
Burgomistr | Thomas Geisel | |||
Pochta indeksi |
40210-40629 | |||
Telefon kodi |
0049-211 | |||
Vebsayt | www.duesseldorf.de |
Dyusseldorf — Olmoniyadagi shahar, Dyussel daryosining Reyn daryosiga quyilish yerida joylashgan. Shim. Reyn-Vestfaliya yerining maʼmuriy markazi, mamlakatning yirik iqtisodiy markazlaridan. Aholisi 568,4 ming kishi (1998). D. tarixiy man-balarda 12-a.dan, shahar sifatida 1288 y.dan tilga olingan. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Daryo porti, xalqaro aeroport bor. Rurning iqtisodiy-moliyaviy markazi. Poʻlat eritish va prokat i. ch., umumiy va transport mashinasozligi, stanoksozlik, elektrotexnika, qora metallurgiya va kon sanoati uchun uskunalar i.ch., kimyo, oyna, yogʻochsozlik, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. D.da Olmoniyadagi asosiy banklarning boʻlimlari, koʻpgina konsernlarning boshqaruv organlari joylashgan. Un-t (1965), tib-biyot akademiyasi, BA, maʼmuriy xoʻjalik akademiyasi, kora metallurgiya in-ti, Badiiy, iqtisod va Gyote muzeylari, konservatoriya, opera teatri bor. D. — mashhur nemis shoiri Geynening vatani. Shaharda oʻrta asrlarga oid meʼmoriy yodgorlik koʻp.[1]
Dusseldorf Olmoniyadagi bir shahar boʻlib, mamlakatning iqtisodiy markazi hisoblanadi. 586 217 aholisi bor.[2]
Havolalar
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Stadtgebiet Düsseldorf
- Düsseldorf uzra meinestadt.de (nemischa)
- Muntazam Düsseldorf Homepage (olmoncha / inglizcha / ruscha / yaponcha / xitoycha)