James Bond
James Bond (talaffuzi: Jeyms Bond) 1953-yilda britaniyalik jurnalist va yozuvchi Ian Fleming tomonidan yaratilgan personajdir. U James Bond haqidagi romanlar, filmlar, komikslar va video oʻyinlar bosh qahramoni sanaladi. Fleming Bond haqida oʻn ikkita romani va ikkita hikoyalar toʻplamini yozgan. Uning soʻnggi ikki kitobi — The Man with the Golden Gun (1965) vaOctopussy and The Living Daylights (1966) ni vafotidan soʻng chop etilgan.
Ushbu personaj maxfiy xizmat agenti boʻlib, kod raqami — 007. U Londonda istiqomat qilad. Bondning ismi ayni nomli amerikalik ornitologdan olingan boʻlishi mumkin, garchi Fleming bu ismni oʻzi xizmat qilgan uelslik agent James C. Bonddan olgan boʻlishi mumkin. Bond kitoblar davomida davom etadigan bir qator izchil xarakter xususiyatlariga ega boʻlib, bular qatoriga mashinalardan zavqlanish, ovqat, ichimlik va muhabbatni sevish, kuniga oʻrtacha oltmishta sigaret chekish va hokazolarni qoʻshish mumkindir.