Kontent qismiga oʻtish

Julius Caesar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2023-yil 16-mart, 07:53 dagi MalikxanBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Julius Caesar
Rim respublikasining diktatori
Hukmronligining boshlanishi: oktabr, mil. avv. 49-yil
Hukmronligining tugashi: 15-mart, mil. avv. 44-yil
Oʻtmishdosh: yoʻq
Tugʻilgan sanasi: mil. avv. 102-yil yoki mil. avv. 100-yil
Tugʻilgan joyi:Rim
Vafot sanasi:15-mart, mil. avv. 44-yil
Vafot joyi:Rim
Turmush oʻrtogʻi:1. Cornelia Cinna minor
(mil. avv. 83-yil - mil. avv. 69-yil)
2. Pompeia Sulla
(mil. avv. 68-yil - mil. avv. 62-yil)
3. Calpurnia Pisonis
(mil. avv. 59-yil - mil. avv. 44-yil)
Otasi:Gaius Julius Caesar

Gaius Julius Caesar (lotincha: Imperator Gaius Iulius Caesar — Imperator Gay Yuliy Sezar (Gayus Yulius Qaysar)) (mil. avv. 102 yoki 100-yil — 15-mart mil. avv. 44-yil) — Rim diktatori (49, 48— 46, 45; 44 yildan umrbod), sarkarda, yozuvchi. Siyosiy faoliyatini demokratik guruh tarafdori sifatida boshlab, harbiy tribun (73), edil (65), pretor (62) lavozimlarida boʻlgan. Konsullikka intilib, 60-yili Pompey va Krass bilan ittifoq tuzgan (1-triumvirat). Konsul (59), soʻngra Galliya noibi; 58—51-yillarda butun Alporti Galliyasini Rimga boʻysundirgan. Krass vafotidan keyin 48 yil armiyaga tayanib, yakka hokimlik uchun kurash boshlagan. Pompey va uning tarafdorlarini 49—45-yillarda tormor qilib, hokimiyat tepasiga chiqqan. Oʻz qoʻlida respublikaning eng muhim lavozimlarini (diktator, konsul va boshqalar) jamlab, amalda rasmiy monarx boʻlgan. Respublikachilar fitnasi natijasida oʻldirilgan. „Galliya urushi haqida xotiralar“ va „Fuqarolar urushi haqida xotiralar“ asarlari muallifi; taqvimni isloh qilgan (Yuliy taqvimii).

Galliya ustidan gʻalaba qozonib, Sezar Rim mamlakatini shimoliy Atlantika sohillarigacha kengaytiradi va Fransiyani Rim taʼsiri ostiga oʻtkazadi, shuningdek, u Britan orollariga bostirib kiradi. Sezarning faoliyati Gʻarbiy Yevropaning madaniy va siyosiy qiyofasini butunlay oʻzgartirib yuboradi va yevropaliklarning keyingi bir necha avlodlari hayotida oʻchmas iz qoldiradi.

Gay Yuliy Sezar zoʻr harbiy strateg va taktik boʻlib, fuqarolar urushida gʻalaba qozonadi va Pax Romananing yagona hukmdoriga aylanadi. Gney Pompey bilan bir qatorda Rim jamiyati va davlati islohotlarini boshlaydi, bu uning vafotidan keyin (mill.avv.44-yil) Rim imperiyasining barpo boʻlishiga olib keladi. Sezar respublika boshqaruvini markazlashtirmoqchi boʻladi. Yovuz tillar aytishardiki, u podshoh hukmronligiga intilardi, ammo Sezar dastlabki yetti podshohning yomon xotirasini eslab (ularni deb rimliklar monarxiyani chiqishtirmas edilar), boshqa yoʻl bilan boradi: umrbod diktator boʻlib qoladi. U oʻzini shunchaki — Sezar deb atashlarini xohlardi. Uning oʻldirilishi fuqarolar urushi qaytadan boshlanishiga, Rim Respublikasiga yakun yasalishiga va u tomonidan asrab olingan Oktavian Avgust boshqaradigan imperiyaning tugʻilishiga olib keldi. Keyinroq koʻpgina monarhlar oʻzlarini afsonaviy Sezar bilan bogʻlamoqchi boʻladilar. Shu yoʻl bilan nemischa: Kaiser („kayzer“) va ruscha tsar soʻzlari kelib chiqqan.

Gay Yuliy Sezar Rimda, Yuliylar sulolasidan boʻlgan patritsiylar oilasida tavallud topgan.

Sezar otasini oʻn olti yoshida yoʻqotadi; onasi bilan esa uning vafotiga qadar, miloddan avvalgi 54-yilgacha yaqin aloqada boʻladi.