Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro islom universiteti (Islomobod)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 1-mart, 05:20 dagi Xumoshox Ismoilova (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Xalqaro islom universiteti
Prezidenti Prof. Dr. Hathal Homoud Alotaibi
Doktorantura 400 to 500

Xalqaro Islom universiteti, Islomobod, yoki IIUI, ( arabcha: الجامعة الإسلامية العالمية إسلام آباد, urdu: بین الاقوامی جامعہ اسلامی اسلام آباد) Pokistonning Islomobod shahrida joylashgan davlat tadqiqot universitetidir[1][2][3]. U 1980-yilda tashkil etilgan va 1985-yilda qayta tuzilgan hamda Pokistondagi oliy ta'lim uchun qimmatli manba bo'lib qolmoqda. Universitet muntazam ravishda Pokiston Oliy Ta'lim Komissiyasi tomonidan Pokistonning tan olingan universitetlari va nufuzli diplom beruvchi muassasalari qatoriga kiradi[1][4]. Universitet Pokistondagi Times Higher Education World University Rankings tomonidan 2022-yilgi oliy universitetlar reytingida qoʻshma ikkinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, u doimiy ravishda Pokiston Oliy Ta'lim Komissiyasi tomonidan umumiy toifa bo'yicha mamlakatdagi eng yaxshi universitetlar qatoriga kiradi.

Tavsifi

Universitet zamonaviy mamalakatdagi islom, ilohiyot va islomshunoslik markazidir[5][6].

Universitet 1980-yilda Pokiston ichkarisida moliyalashtirish va Saudiya Arabistoni chet el xayriyalari hisobidan tashkil etilgan[7][8]. Universitet qozilar, prokurorlar, madrasa o'qituvchilari, juma xatiblari va imomlar uchun islom huquqi bo'yicha ta'lim beradi[7][6].

Muassasa nafaqat mahalliy, balki Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyodan ham talabalarni jalb qiladi[7].

2012-yilda universitet Oliy ta'lim komissiyasi tomonidan umumiy universitetlar toifasida to'rtinchi o'rinni egallagan[9]. 2014-yil fevralida Saudiya Arabistoni qiroli Abdullohga siyosat va xalqaro munosabatlar bo‘yicha faxriy doktor unvonini bergan[10]. Huquq, fan, muhandislik va texnologiya, gumanitar fanlar, sanʼat, diniy fanlar, ijtimoiy va tabiiy fanlar boʻyicha bakalavriat va aspirantura dasturlarida o'qishlikni taklif etadi.

Kampuslari

Yangi talabalar turar joyi
Kirish qismi
IIUI talabalar yotoqxonasining qizlar bloki

Universitet ikkita kampusga ega.

Eski kampus

Eski kampus Faysal masjidi yaqinida joylashgan. Masjid loyihasi turkiyalik arxitektor Vedat Dalokay tomonidan ishlab chiqilgan. Uni universitetga Saudiya Arabistoni qiroli Faysal hadya qilgan. Masjid dunyodagi eng katta masjidlardan biri bo'lib, o'zining namozgohi, ayollar galereyasi va hovlisiga o'n minglab odamlarni sig'dira olishi bilan boshqa masjidlardan ajralib turadi[11][12][13].

Yangi kampus

Yangi kampus Islomobodning H-10 sektorida bunyod etilgan[14]. Yangi kampus qurilishining birinchi bosqichi 2013-yilda yakunlangan. O'shandan beri ayollar uchun kampus hududi tashkil etilgan. 2006-yilda Markaziy kutubxona va Linkoln burchagi qurilishi yakunlangan.

Fakultetlari

Universitet quyidagi fakultetlardan iborat:

Hisob-kitob fakulteti

Hisob-kitob fakultetida (2016-yilda tashkil etilgan) informatika va dasturiy injiniring fanlaridan dars beriladi.

Arab tili fakulteti

Arab tili fakultetida arab tili, adabiyoti, tilshunoslik, va tarjimonlik fanlaridan dars beriladi[15].

Fanlar fakulteti

Fanlar fakultetida (2003-yilda tashkil etilgan) fizika va nanotexnologiya, matematika va statistika, atrof-muhit fanlari, biotexnologiya va bioinformatika fanlari o'qitiladi[16].

Muhandislik va texnologiya fakulteti

Muhandislik va texnologiya fakulteti (2007-yilda tashkil etilgan) elektrotexnika, mashinasozlik va qurilish muhandisligi bo'yicha turli darajadagi kurslarda o'qishlikni taklif qiladi[17]. Unda ko'plab xorijiy malakali professor-o'qituvchilar mavjud.

Iqro texnologiya kolleji

Iqro Texnologiya kolleji (AKT) IIUI ta'sis kolleji hisoblanadi. U B.Tech (Hons) va Associate Engineering Diplom (DAE) dasturlarida o'qishlikni taklif etadi. U PEC tomonidan tan olingan fakultetga ega[18].

Tillar va adabiyot fakulteti

Tillar va adabiyot fakulteti ingliz, fors va urdu tillarida bakalavr, magistr va PhD darajalarida o'qishlikni taklif etadi[19].  

Boshqaruv fanlari fakulteti

Menejment fanlari fakulteti 1995-yilda tashkil etilgan. 1996-yilda Biznes boshqaruvi kafedrasi Biznes boshqaruvi magistri dasturida o'qishlikni taklif qilgan. Texnologiyalarni boshqarish kafedrasi 1998-yilda tashkil etilgan. Bu universitetning eng yirik fakulteti bo'lib, unda 3700 ga yaqin talaba ro'yxatdan o'tgan[20].

Shariat va huquq fakulteti

Shariat va huquq fakulteti ilk bor Quaid-i-Azam universitetida 1979-yilda tashkil etilgan. 1980-yilda Islomobod xalqaro islom universiteti tarkibiga kiritilgan. Doktoranturaga qabul qilingan talabalar dissertatsiyani boshlashdan oldin bir yillik majburiy kurs ishlarini yakunlaydilar. Ushbu fakultetni 900 dan ortiq talaba tamomlagan[21].

Ijtimoiy fanlar fakulteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti antropologiya, ta'lim, siyosat va xalqaro munosabatlar, psixologiya, tarix va pokistonshunoslik, islom san'ati va arxitekturasi, ommaviy kommunikatsiyalar va sotsiologiya singari sohalar bo'yicha ilmiy darajalarni taklif etadi[22].

Islomshunoslik fakulteti

Islomshunoslik fakulteti (Usuluddin) 1981-yilda tashkil etilgan. U tafsir va Qurʼon ilmlari, hadis ilmi, qiyosiy dinshunoslik, daʼvat va islom madaniyati, aqida va falsafa, siyrat va islom tarixi boʻyicha turli darajalarda o'qishlikni taklif etadi. Daʼvat akademiyasi 1985-yil mart oyida tashkil etilgan. Shariat kadrlar tayyorlash instituti 1981-yilda tashkil etilgan va 1985-yilda akademiyaga aylangan[23].

Usuluddin fakultetida turli xil xalqaro professor-o'qituvchilar faoliyat yuritadi. Ularning aksariyat qismi Al-Azhar universiteti[24] bitiruvchilaridir.

Ta'sis birliklari

Zamonaviy tillar bo'yicha malaka oshirish markazi

Zamonaviy tillar bo‘yicha malaka oshirish markazi xorijiy va milliy universitetlarga (masalan, HEC stipendiyalariga) o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan yoki ish qidirayotgan talabalar uchun ingliz, xitoy va urdu tillaridan tayyorgarlik kurslarida o'qishlikni taklif qiladi. Shuningdek, u ingliz tilini o'rganish dasturiga ham ega[25].

Xalqaro islom iqtisodiyoti instituti

Universitet qoshidagi Xalqaro Islom iqtisodiyoti instituti 1983-yilda tashkil etilgan. U islom bank ishi va moliyasi, ekonometrik va qishloq rivojlanishi bo'yicha turli darajalarni taklif etadi. Fakultet tarkibida tadqiqot va o'qitish bo'limi ilmiy tadqiqotlarni rag'batlantiradi hamda davlat va xususiy moliya shuningdek akademik institutlar xodimlari uchun treninglar tashkillashtiradi[26].

Islom tadqiqot instituti

Iqbol xalqaro tadqiqot va muloqot instituti

Kasbiy tadqiqotlar instituti

Shariat akademiyasi

Kutubxonalari

Markaziy kutubxona

Markaziy kutubxona yangi kampusda joylashgan. Muhammad Hamidulla nomidagi xalqaro islom iqtisodiyoti instituti kutubxonasi ham faoliyat yuritadi. Unda iqtisod va islom boshqaruviga aloqador, islom huquqiga oid nodir kitoblar mavjud.

Islom tadqiqot instituti kutubxonasi

Islom ilmiy-tadqiqot instituti kutubxonasi islom haqidagi ko'plab kitoblarni o'zida jamlagan.

Muhandislik va texnologiya kutubxonasi

Muhandislik va texnologiya kutubxonasida 25 mingga yaqin kitob mavjud. O‘n beshta davriy nashrga obuna bo‘lib, o‘nta gazeta xarid qilinadi. Kutubxonadan ellik kishi bir vaqtda foydalanishi mumkin. 550 ta ilmiy hisobot va tezislar ham bor.

Da'vat akademiyasi kutubxonasi

Da'vat akademiyasi kutubxonalari Da'vat akademiyasi tadqiqotchi olimlar, akademiklar, kurs ishtirokchilari va keng jamoatchilikning axborot ehtiyojlarini qondirish uchun besh turdagi kutubxonaga ega. Bular Da'vat tadqiqot kutubxonasi, Doktor Mehmud Ahmad G'oziy kutubxonasi, Ayollar kutubxonasi, Da'vat bolalar kutubxonasi, Faysal masjidi Islomobod kampusidagi kutubxona va Karachidagi Mintaqaviy da'vat markazi (Sindh) kutubxonasi.

Shariat akademiyasi kutubxonasi

Shariat akademiyasi kutubxonasida Qurʼonshunoslik, Hadisshunoslik, Paygʻambarning tarjimai holi, Islom huquqi va Anglosakson huquqiga oid 8976 nafar kitob va jurnallar toʻplami mavjud. Shuningdek, tadqiqot jurnallari kutubxonasi, Islomshunoslik kutubxonasi, Al-Dirassat al-Islomiya, Fikro Nazar, Insights kutubxonasi va Mayor kutubxonasi kabi bir qator idoraviy kutubxonalar ham faoliyat yuritadi. Universitet Biznes va menejment fanlari jurnalini (JBMS) nashr etadi.

Doktor Hamidulla kutubxonasi

U Faysal masjidining yerto'lasida joylashgan bo'lib, unda turli mavzularda katta hajmdagi kitoblar jamlangan.

Yotoqxonalari

Universitet infratuzilmasi yettita o'quv binosini o'z ichiga oladi. Universitet talabalar turar joyi ayollar uchun yettita va erkaklar uchun oltita yotoqxonadan iborat.

Tadqiqot jurnallari

  • Islomshunoslik[27]
  • Al-Dirassat al-Islomiya[27]
  • Insights[28]
  • Mayar[29]
  • Islomobod qonun sharhi[30]
  • Fikr o Nazar[27]
  • Biznes va menejment fanlari jurnali[31]

Xorijiy hamkorlik

Universitet quyidagi muassasalar bilan ilmiy aloqalarga ega:

Uyushmalari

  • Ilmiy Pokiston (www.scientificpakistan.com)
  • IT Sarkar (www.itsarkar.com)
  • Akademik xodimlar farovonligi assotsiatsiyasi
  • Ofitserlar farovonligi assotsiatsiyasi
  • Universitet xodimlari farovonligi assotsiatsiyasi
  • Amerika mexanik muhandislar jamiyati 
  • Mi[ <span title="This claim needs references to reliable sources. (April 2018)">iqtibos kerak</span> ]lliy yosh olimlar akademiyasi (NAYS), Pokiston (NAYS IIUI bo'limi)

Yana qarang

  • Islomiy ta'lim muassasalari ro'yxati

Havolalar

  1. 1,0 1,1 International Islamic University, Islamabad is listed on the Higher Education Commission of Pakistan (HEC) most recognised and prestigious Degree Awarding Institutions Higher Education Commission of Pakistan website, Retrieved 1 September 2020
  2. „Cultural week opens at IIUI“. Dawn (newspaper) (2012-yil 18-aprel). Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
  3. "International Islamic University location." Google Maps. Accessed 1 September 2020
  4. Ahmed A. and Sonn T. (ed.) "The SAGE Handbook of Islamic Studies." SAGE, 2010 p124. ISBN 1446264521, 9781446264522.
  5. Yusuf I. "Islam and Knowledge: Al Faruqi's Concept of Religion in Islamic Thought." I.B.Tauris 2012. ISBN 0857731262, 9780857731265.
  6. 6,0 6,1 Overview of International Islamic University on TopUniversities.com website Retrieved 1 September 2020
  7. 7,0 7,1 7,2 The Oxford Dictionary of Islam John Esposito: — 139-bet.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "dictionary" defined multiple times with different content
  8. „A monument to fraternity | Shehr | thenews.com.pk“. www.thenews.com.pk.
  9. „"Ranking of Universities in 2012"“. Higher Education Commission of Pakistan website (2012-yil 18-iyul). 2013-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
  10. "Pakistan's International Islamic University Awards Honorary Doctorate to the Custodian of the Two Holy Masjids." Ministry of Foreign Affairs, Saudi Arabia. 2 March 2014. Accessed 12 November 2015.
  11. The Art and Architecture of Pakistan (Faisal Mosque) on GoogleBooks website Retrieved 1 September 2020
  12. Rizvi K. "The Transnational Masjid: Architecture and Historical Memory in the Contemporary Middle East." UNC Press Books, 2015 p90. ISBN 1469621177, 9781469621173. Accessed at Google Books 1 September 2020
  13. „Faisal Mosque“. ArchNet Digital Library website (2007-yil 21-oktyabr). 2011-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-sentyabr.
  14. "International Islamic University, Islamabad." Google Maps. Accessed 30 August 2020
  15. „About Faculty of Arabic | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
  16. „About Faculty of Sciences | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
  17. „About FET | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
  18. „About IQRA | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
  19. „About FLL | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
  20. „About Faculty of Management Sciences | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
  21. „About Shria'h & Law | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
  22. „About FSS | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
  23. „About Faculty of Usuluddin (Islamic Studies) | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
  24. „Al-Azhar University“.
  25. „Centre of Excellence for Modern Languages(CEML) | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
  26. „About International Institutes of Islamic Economics | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
  27. 27,0 27,1 27,2 „Journals – Islamic Research Institute“. iri.iiu.edu.pk.
  28. „Insights – Research Journal | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
  29. „| International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
  30. „Journal – Islamabad Law Review – Introduction | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
  31. „Journal of Business and Management Sciences | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.