Kontent qismiga oʻtish

Turk tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turk tili
Milliy nomi Türk dili, Türkçe
Mamlakatlar Turkiya, Shimoliy Kipr, Iroq, Bolgariya, Yunoniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, Oʻzbekiston, Olmoniya, Niderlandlar
Rasmiylik holati Turkiya Turkiya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 83 million
Turkumlanishi
Til oilasi

Oltoy

Turkiy tarmoq
Oʻgʻuz guruhi
Alifbosi lotin
Til kodlari
ISO 639-1 tr
ISO 639-2 tur
ISO 639-3 tur

Turk tili (Turkcha: Türkçe) — soʻzlashuvchisi eng koʻp bolgan turkiy til. Turk tilida gaplashuvchilar asosan Turkiyada yashashadi. Shimoliy Kipr, Iroq, Bolgariya, Yunoniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, Oʻzbekiston, Olmoniya, Niderlandlar kabi davlatlarida ham turk tilida gaplashuvchilar bor.

Turk tili — turkiy tillardan biri. Asosan, Turkiyada, shuningdek, Iroq, Suriya, Eron, Ruminiya, Bolgariya, Gretsiya, Rossiya, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Kipr oroli, Makedoniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Turkiya Respublikasining va Kipr Respublikasining (grek tili bilan birga) rasmiy tili hisoblanadi. Oʻtgan asr oxirlarida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 55 mln. ga yaqin (Turkiyaning oʻzida 50 mln. dan ortiq) kishini tashkil etgan. Dialektal jihatdan Turkiyada Sharqdagi, ayniqsa, Anatoliya shimoli-sharqidagi mintaqa ozarbayjon tiliga oʻxshashlik belgilari bilan ajralib turadi. Anatoliyaning boshqa qismi hamda sharqiy frakiya shevalari, shuningdek, boshqa mamlakatlardagi Turk tili lahjalari oʻzaro unchalik farq qilmaydi.

Turk tilining fonetik oʻziga xosliklari: soʻz boshidagi va oʻrtasidagi j undoshining qarindosh turkiy tillardagi boshqa oʻxshash tovushlarga toʻgʻri kelishi, soʻz boshidagi p-b, t-d, k-g jarangsizlari va jaranglilarining farqlanishi va singarmonizmning mavjudligi, bir qancha soʻzlarda portlovchi b oʻrniga sirgʻaluvchi v undoshining kelishi; boshqa turkiy tillardagi «bol-» (boʻl-) feʼlining «ol-» tarzida qoʻllanishi va boshqa Morfologik belgilaridan «miş-» (-mish) shaklli sifatdoshning qipchoq va boshqa bir qancha turkiy tillardagi «-gan» shaklli sifatdosh bilan vazifadoshligi; «-dik» shaklli qad. harakat nomi va «-yor» shaklli aniq hozirgi zamon feʼlining faol qoʻllanishi va boshqani koʻrsatish mumkin.

Adabiy Turk tili hozirgi shaklida 19-asr oʻrtalaridan shakllana boshlaydi. Bu davrda oʻrta asr adabiy tili (eski turk yoki usmonli turk tili) arabcha, forscha elementlarga boy boʻlgan. 20-asrning 20-yillaridagi islohotlardan soʻng adabiy til umumxalq soʻzlashuv tili bilan yaqinlashdi. Eski Turk tili ning arab yozuvida bitilgan yodgorliklari 13-asrdan boshlab mavjud. Dastlabki yodgorliklarda sharqiy turkiy (qoraxoniyuygʻur) adabiy tilining sezilarli taʼsiri bor. Hozirgi yozuvi 1929-yildan lotin grafikasi asosida.

Grammatikasi

Kelishiklar

Turk tilida 6 ta kelishik bor.

Kelishiklar Kelishik koʻrsatkichlari Kelishik savollari Misollar
1 Bosh kelishik
(Yalın hâl)
Kim? Ne? Nere(si)?
(Kim? Nima? Qayer?)
anne, üzüm, balık, Tokat, Ankara
(ona, uzum, baliq, Toʻkot, Anqara)
2 Tushum kelishigi
(Belirtme hâli)
-ı, -i, -u, -ü
-yı, -yi, -yu, -yü
Kimi? Neyi? Nereyi?
(Kimni? Nimani? Qayerni?)
anneyi, üzümü, balığı, Tokatʼı, Ankaraʼyı
(onani, uzumni, baliqni, Toʻkotni, Anqarani)
3 Joʻnalish kelishigi
(Yönelme hâli)
-a, -e,
-ya, -ye
Kime? Neye? Nereye?
(Kimga? Nimaga? Qayerga?)
anneye, üzüme, balığa, Tokatʼa, Ankaraʼya
(onaga, uzumga, baliqga, Toʻkotga, Anqaraga)
4 Oʻrin-payt kelishigi
(Bulunma hâli)
-da, -de, -ta, -te Kimde? Ne(y)de? Nerede?
(Kimda? Nimada? Qayerda?)
annede, üzümde, balıkta, Tokatʼta, Ankaraʼda
(onada, uzumda, baliqda, Toʻkotda, Anqarada)
5 Chiqish kelishigi
(Ayrılma hâli)
-dan, -den, -tan, -ten Kimden? Ne(y)den? Nereden?
(Kimdan? Nimadan? Qayerdan?)
anneden, üzümden, balıktan, Tokatʼtan, Ankaraʼdan
(onadan, uzumdan, baliqdan, Toʻkotdan, Anqaradan)
* Qaratqich kelishigi
(Tamlayan hâli)
-ın, -in, -un, -ün
-nın, -nin, -nun, -nün
Kimin? Neyin? Nerenin?
(Kimning? Nimaning? Qayerning?)
annenin, üzümün, balığın, Tokatʼın, Ankaraʼnın
(onaning, uzumning, baliqning, Toʻkotning, Anqaraning)
* Koʻmakchi kelishik
(Araç hâli)
-la, -le,
-yla, -yle
Kim(in)le? Neyle? Nereyle?
(Kim bilan? Nima bilan? Qayer bilan?)
anneyle, üzümle, balıkla, Tokatʼla, Ankaraʼyla
(ona bilan, uzum bilan, baliq bilan, Toʻkot bilan, Anqara bilan)

Havolalar