Kontent qismiga oʻtish

Sergey Yesenin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2012-yil 24-sentyabr, 15:03 dagi Nataev (munozara | hissa) versiyasi
Sergey Yesenin
Серге́й Алекса́ндрович Есе́нин
Tavalludi 3-oktyabr 1895-yil
Konstantinovo, Rossiya imperiyasi
Vafoti 27-dekabr 1925-yil(1925-12-27)
(30 yoshda)
Sankt Peterburg, SSRI
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, Russian Republic, Rossiya SFSR va SSSR

Sergey Alexandrovich Yesenin (3-oktabr, 1895 — 27-dekabr, 1925) — iqtidorli rus lirik shoiri. Yesenin „chinakam xalqona shoir“ deb nom taratgan. XX asrning eng mashhur rus shoirlaridan boʻlishiga qaramay Yesenin 30 yoshida oʻz joniga qasd qilgan. Sergey Yeseninning sheʼrlarini oʻzbek shoiri Erkin Vohidov buyuk mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Hayoti

Sergey Yesenin 1895-yil 3-oktabrda Rossiyaning Ryazan shahri atrofidagi Konstantinovo qishlog‘ida tavallud topgan. 1920-yillarda bir necha marotaba AQShga va Yevropaga borgan. Umrining oxirida Yeseninning hayoti algʻov-dalgʻov boʻlib ketgan. 1925-yil Sankt Peterburgdagi Angleter mehnomxonasida Yesenin oʻzini osib qoʻygan.[1]

Ijodi

Yeseninning birinchi sheʼriy toʻplami 1916-yilda chop etilgan. Shoir oʻz sheʼrlarida oddiy xalq, dehqonlar, rus qishlog‘idagi hayot va tabiat haqida yozgan. 1924-25 yillarda Yesenin O’rta Osiyo va Kavkazorti mintaqalarida sayohatda bo‘lgan. Yesenin qisqa bo‘lsa-da Toshkentda ham yashagan. Yeseninning „Fors taronalari“ deb nomlangan sheʼrlar turkumi Kavkazort o‘lkalarga sayohat chog‘ida yaratilgan. Bu turkumni ham Erkin Vihidov oʻzbek tiliga oʻgirgan.

Yeseninning oʻlimidan bir kun avval yozgan soʻnggi sheʼri:

Rus tilida

До свиданья, друг мой, до свиданья.
Милый мой, ты у меня в груди.
Предназначенное расставанье
Обещает встречу впереди.

До свиданья, друг мой, без руки, без слова,
Не грусти и не печаль бровей, —
В этой жизни умирать не ново,
Но и жить, конечно, не новей.

Erkin Vohidov tarjimasi

Xayr endi, xayr, doʻstginam,
Bagʻrimdasan, koʻngil malhami.
Muqarrar bu ayriliqning ham
Visoli bir oldinda hali.

Xayr, doʻstim, soʻzga ochma lab,
Qoʻy, men uchun oʻrtama bagʻir,
Bu hayotda oʻlmoq-ku bor gan,
Yashamoq ham yangimas, axir!

Manbalar

  1. "Sergey Aleksandrovich Yesenin". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft Corporation. 2008.

Havolalar

„Fors taronalari“ sheʼrlar toʻplami