Starfield (videooʻyin)
"„
Starfield | |
---|---|
Ishlab chiqaruvchi | Bethesda Game Studios |
Nashir etuvchi | Bethesda Softworks |
Chiqarilgan sana | 6-sentyabr 2023 |
Prodyuser | Todd Govard |
Janr | action/RPG |
Platformalar | Windows, Xbox |
Yuritkich | Creation Engine 2 |
Oʻyin rejimlari | Yolgʻiz oʻyinchili |
Starfield – Bethesda Game Studios tomonidan ishlab chiqilgan action/RPG janridagi video oʻyini. Bethesda Softworks tomonidan 2023-yil 6-sentabrda Windows va Xbox Series X/S platformalari uchun qayta ishlab chiqilgan. Oʻyindagi hodisalar Somon yoʻlining diametri taxminan 100 yorugʻlik yili boʻlgan sektorida sodir boʻladi; Oʻyindagi virtual dunyoda haqiqatdan mavjud tizimlar ham, oʻylab topilgan tizimlar ham mavjud. Oʻyin davomida bosh qahramon kashfiyot uchun oʻzga sayyoralarga qoʻnishi, topshiriqlarni bajarishi, jamoadoshlar yigʻishi, postlar qurishi va yangi kosmik kemalarni yigʻishi mumkin.
Starfield savdo belgisi 2013-yilda roʻyxatga olingan boʻlib, oʻyinning asosiy ishlab chiqish jarayoni Fallout 4 chiqqandan keyin, yaʼni 2016-yilda boshlangan.
Oʻyin jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻyin real va oʻylab topilgan sayyoralar tizimlari bilan toʻldirilgan Somon yoʻli sektorida boʻlib oʻtadi. Oʻyin ichida 1000 dan ortiq sayyoralar, shuningdek, bir qator sunʼiy yoʻldoshlar va kosmik stansiyalarga tashrif buyurish mumkin. Virtual sayyoralarni oʻrganish davomida, oʻyinchi turli xil NPClarga duch kelishi mumkin va ulardan baʼzilarini kema ekipaji uchun yollashi ham mumkin. Ekipaj aʼzolari oʻyinchiga janglarda va narsalarni olib yurishda yordam beradi[1]. Har bir hamrohning xususiyatlari va qobiliyatlari oʻziga xosdir[2]. Baʼzi personajlar oʻyinchining tanloviga izoh bersa[1], baʼzilari bilan ishqiy munosabatlarda boʻlishi ham mumkin[2].
Oʻyin boshida bosh qahramon oʻzining tana tuzilishi, tashqi koʻrinishini, qiyofasini va xususiyatlarini tanlab, oʻz personajini yaratadi. Oʻyinchi tanlangan bosh qahramonning tarixiga qarab uchta boshlangʻich mahoratga ega boʻladi[2]. Vaqt oʻtishi bilan bosh qahramon yangi hususiyatlarga ega boʻladi, bu esa oʻyin jarayonini osonlashtiradi yoki aksincha qiyinlashtirishi ham mumkin. Masalan, introvert fazilat yolgʻiz sayohat qilganda oʻyinchining chidamliligini oshiradi, lekin hamrohni jalb qilganda uni pasaytiradi.
Oʻyinchi kosmik kemalarni sotib olishi, oʻgʻirlashi yoki oʻzi yasashi mumkin. Oʻyinda taqdim etilgan barcha kemalar modulli: oʻyinchi markaziy qismlarni, jihozlarni, qurollarni, boʻlimlarni yoki rangni almashtirish imkoniga ega. Sayyoralarda joylashgan turli kosmodromlarda siz kema qismlarini sotib olishingiz va sotishingiz mumkin. Oʻyinchi boshqa odamlarning kemalariga chiqishi, ekipaj bilan gaplashishi yoki savdo qilishi, ularga hujum qilishi yoki kemani oʻgʻirlashi mumkin[2].
Starfieldda joylashgan Yangi Atlantis nomli virtual shahar (inglizcha: New Atlantis) hajmi boʻyicha Bethesda oʻyinlarinig ichida eng kattasidir[3].
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Starfield oʻyinining voqealari Quyosh tizimi atrofida 50 yorugʻlik yili radiusida joylashgan “Settled systems" deb nomlangan fazo sektorida sodir boʻladi[4]. 2308-yilda ikkita yulduzlararo hukumat – Birlashgan koloniyalar (inglizcha: United Colonies) va Erkin Yulduzlar Hamdoʻstligi (inglizcha: Freestar Collective) oʻrtasida urush boshlanadi. Keyinchalik 2311-yilda tinchlik shartnomasi imzolanishi bilan urush yakunlanadi. Oʻyin voqaelari 2330-yilda[5] boshlanadi; oʻyin bosh qahramoni „Constellation“ korporatsiyasining kosmik tadqiqotlar bilan shugʻullanuvchi aʼzosi[6].
Ishlab chiqarilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻyinni ishlab chiqishda Vashington, Monreal, Dallas va Ostinda joylashgan toʻrtta studiyadan 450 ga yaqin xodimlar[6]qatnashdilar. Todd Xovardning 2021-yilda bergan intervyusida soʻzlariga koʻra, oʻyinni ishlab chiqish jarayoni 10 yildan ortiq davom etgan[7].
„Electronic Entertainment Expo 2021“ koʻrgazmasidagi Xbox taqdimoti doirasida, oʻyinning ilk treyleri taqdim etildi. Oʻyin Microsoft uchun eksklyuzivga aylandi – yaʼni Windows va Xbox Series X/S platformalarida chiqarildi[6].
Mashhurligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Starfield oʻyini Steam-da dastlabki ikki soatida 230 000 dan ortiq bir vaqtda oʻyinchilarga ega boʻldi[8]. Shuningdek Steamda „Bethesda“ tarixidagi eng koʻp istaklar roʻyxatiga kiritilgan oʻyin boʻldi[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Fanley, Joel „All Starfield Companions and abilities revealed so far“ (en). GamesRadar (2023-yil 11-iyun). 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Bankhurst, Adam „Starfield Direct: Everything Revealed, Including Space Travel, Character Creation, Companions, and More“ (en). IGN (2023-yil 13-iyun). 2023-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-iyun.
- ↑ Brown, Andy „'Starfield' will include the biggest city Bethesda has ever made“ (en). NME (2022-yil 16-iyun). 2022-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-iyun.
- ↑ „Starfield – The Settled Systems“ (en). YouTube. Bethesda Softworks (2021-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
- ↑ Filip Galekovic. „Starfield: Freestar Collective explained“ (en). Destructoid (2023-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 7-sentyabr.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Антон Самитов. „Starfield выйдет 11 ноября 2022 года — тизер-трейлер и первые подробности“. DTF (2021-yil 13-iyun). 2021-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyun.
- ↑ Rachel Weber. „Starfield is Bethesda's next big RPG series and here's everything you need to know“ (en). GamesRadar (2021-yil 14-iyun). 2021-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyun.
- ↑ Scullion, Chris „Starfield hit over 230,000 concurrent players in its first two hours on Steam“ (en). Video Games Chronicle (2023-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- ↑ Novet, Jordan „Microsoft gaming chief Phil Spencer says Starfield is seeing 'huge demand'“ (en). CNBC (2023-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 7-sentyabr.