Ukraina davlati madhiyasi
oʻzbekcha: Ukraina Davlat madhiyasi | |
---|---|
Ukraina davlat madhiyasi | |
Soʻz muallif(lar)i | Pavel Chubiniskiy, 1862 |
Bastakor | Mixail Vereviskiy, 1863 |
Qabul qilindi |
Ukraina Oliy Radasi ma'lumotlari[1] Ukraina parlamentining rasmiy veb-portali[2] Ukraina Davlat madhiyasi haqida Ukraina Oliy Radasi Prezidiumining farmoni 15.01.1992 № 2042-XII[3] |
[[:File:|A. Morozov o'zining orkestr guruhi bilan]]
[[File:|220px|noicon|alt=]]
Ukraina Milliy Prezident orkestri tomonidan ijro etilgan. Dirijyor A. M. Molotay
|
|
Faylga murojaat etishda muammo bormi? Qarang: Media. |
Ukraina Davlat madhiyasi (ukraincha: Державний гімн України) - bayroq va gerb bilan birga Ukrainaning asosiy davlat ramzlaridan biri hisoblanadi.
" Ukraina hali o'lmagan " kompozitsiyasi (с ukrain — "Не погибла ещё Украина")[4][5], 2003 -yil 6-martda Ukraina Oliy Radasi tomonidan tasdiqlangan bo'lib Ukraina Davlat madhiyasidir. So'zlari muallifi - Pavel Chubinskiy, 1862-yil. Musiqa bastakori - Mixail Verbitskiy, 1863-yil.
Yaratilish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1862-yil kuzida ukrainalik etnograf, folklorshunos va shoir Pavel Chubinskiy " Ukraina hali o'lmagan " she'rini yozib tugatadi, dastlab Ukraina davlatining milliy, keyinroq esa davlat madhiyasiga aylandi.
Chubinskiyning she'ri birinchi marta Lvovdagi "Meta" ("Maqsad") jurnalida 1863-yil 4-sonida nashr etilgan. G'arbiy Ukrainada mashhur bo'lgan vatanparvarlik she'ri o'sha davrdagi din arboblarining ham e'tiboridan chetda qolmadi. Ulardan biri, o'z davrining taniqli bastakori va ruhoniysi Mixail Verbitskiy ushbu she'rdan ilhomlanib, she'riyat uchun musiqa yozgani kirishadi va birinchi marta Przemisl[5] (o'sha paytda Premzel) shahridagi diniy konferernsiya zalida o'zining kompozitsiyani o'zi ijro etgan.[5]. Birinchi marta 1863-yilda nashr etilgan hamda 1865-yilda notalar bilan "Ukraina hali o'lmagan" kompozitsiyasi 1917-yilda boshlab Ukraina davlatiningning milliy madhiyasi sifatida ishlatila boshlandi.
Chubinskiyni yoshligidan bilgan L.Beletskiy 1914-yilda "Ukraina hayoti" jurnalida chop etilgan o'zining xotiralarida qo'shiqning yaratilish tarixi haqida gapirib berdi: " Matbuotda men "qo'shiq" degan jumlalarga duch keldim. " Ukraina hali o'lmagan " - xalq qo'shig'i. Aslida bu noto'g'ri fikr ekanligiga hech qanday shubham yo'q: bu haqiqatan ham Pavel Platonovich tomonidan qiyin sharoitlarda tuzilgan edi. Kiev jamoasining Serblar bilan Pavel Platonovich ham yashagan uyda ziyofatlardan birida ular serb xor qo'shig'ini kuylashdi, uning mazmuni esimda yo'q, lekin unda aniq ayta olaman ''sizning ozodligingiz uchun''... so'zlari bor edi). Chubinskiyga bu qo'shiq juda yoqdi. U darrov xonadan g'oyib bo'ldi va bir muncha vaqt o'tgach, u o'zining serb qo'shig'iga monan tarzda yozilgan " Ukraina hali o'lmagan " qo'shig'i bilan xonagadi. Darhol Pavel Platonovich rahbarligidagi xor guruhi ushbu yangi qo'shiqni zo'r ishtiyoq bilan o'rgandi va takrorlashdan tinmaydi. Shunday ekan, aslida bu qo'shiqni Pavel Platonovich yaratdi ".
Ushbu she'rning " Xromada " ga endigina birlasha boshlagan ukraina aholisi orasida tarqalishi bir zumda sodir bo'ldi. Biroq, o'sha yilning 20-oktabrida imperatorning shaxsiy vazirlari boshlig'i knyaz V. Dolgorukov Chubinskiyni "oddiy odamlarning ongiga zararli ta'sir ko'rsatganligi uchun" Arxangelsk viloyatiga doimiqo'riqchilary nazorati ostida yashashga buyruq beradi.
Madhiyaning dastlabki satrida Polsha madhiyasi''Dombrovskiy yurishi" (Jeszcze Polska nie zginęła) sezilarli darajada ta'sir ko'rsatganligini sezish mumkin. O'sha paytda u Polsha mustaqilligi uchun kurashgan xalqlar orasida juda mashhur edi. "Dombrovskiy yurishi" sababli, slovak shoiri Tomashek o'zi keyinchalik Yugoslaviya madhiyasiga aylangan "Gey, slavyanlar" qo'shig'ini yaratdi.
"Ukraina hali o'lmagan" madhiyasining unutilgan muallifi
|
|
Faylga murojaat etishda muammo bormi? Qarang: Media. |
1917-1920-yillarda " Ukraina hali o'lmagan " sh'eri yagona milliy madhiya sifatida qonuniy tasdiqlanmagan edi va ko'p yillar davomida boshqa madhiyalardan foydalanib kelingan.
1939-yilda " Ukraina hali o'lmagan " Ukraina Karpat madhiyasi sifatida tasdiqlangan.
Sovet Ittifoqi respublikalarining o'z milliy madhiyalarini yaratish to'g'risida qaror qabul qilinganda, " Ukraina hali o'lmagan " sh'erini Ukraina SSRning madhiyasi deb bo'lmas edi. Ukraina SSR madhiyasi matni 1949-yilda taniqli ukrain shoiri Pavlo Tychina tomonidan yozilgan, bastakor Anton Dmitrievich Lebedynets unga musiqa yaratgan. Ikkinchi misrada Stalin tilga olinganligi sababli, u uzoq vaqt davomida so'zsiz ijro etildi, 1978-yilgacha Mikola Bazhan (Tychina bu vaqtga kelib vafot etgan edi) matnni tahrir qilib qayta ishlaydi. Yangi tahrir qilingan Madhiya 1991-yilgacha ishlatilgan.
Ukraina madhiyasining rok versiyasi | |
---|---|
Filmlar va teleseriallar | |
Film(lar) | Ukraina madhiyasining rok versiyasi (2014) YouTubeda |
1992-yil 15-yanvarda Davlat madhiyasining musiqiy nashri Ukraina Oliy Radasi tomonidan tasdiqlandi , bu qonunan Ukraina Konstitutsiyasida o'z aksini topadi. Biroq, faqat 2003-yil 6-martda Ukraina Oliy Radasi prezident Leonid Kuchma tomonidan taklif qilingan "Ukraina Davlat madhiyasi to'g'risida" gi qonunni qabul qiladi. Qonun loyihasida Mixail Verbitskiy musiqasini faqat birinchi misrasi va Pavel Chubinskiyning “ Ukraina hali oʻlmagan ” qoʻshigʻining xor soʻzlari bilan Davlat madhiyasi sifatida tasdiqlash taklif qilingan. Shu bilan birga, madhiyaning birinchi bandi, prezidentning taklifiga ko'ra, " Ukraina hali o'lmagan, na shon-shuhrat, na ozodlik " so'zlari bilan qayta to'ldirilib yangraydi. Dastlab madhiya matnida “ Vorozhenki halok boʻlsin ” degan soʻzlar bor edi, ammo Konstitutsiya qabul qilinganda “o” harfi “ i ” harfi bilan almashtirildi va natijada gap mazmuni o'zgarib “ To bizning vorozhenki halok bo'ladi " so'zlariga o'zgartiriladi. Ushbu qonunni 334 nafar xalq deputati tomonidan qoʻllab-quvvatladi, ovoz berish uchun roʻyxatga olingan 433 nafardan 46 nafari qarshi ekanligini ko'rsatgan. Sotsialistik partiya va Kommunistik partiya fraksiyalari esa umuman ovoz berishda qatnashmadi. Ushbu qonunning qabul qilinishi bilan Ukraina Konstitutsiyasining 20-moddasi qayta tahrirlangan shaklga ega bo'llib, Verbitskiy musiqasiga endilikda milliy madhiya qonuni bilan tasdiqlangan so'zlar kiritiladi.
Madhiya matni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rasmiy nashri
[tahrir | manbasini tahrirlash]2003-yil 6-martda Ukrainaning Oliy Rada tomonidan birinchi misralari xor madhiya sifatida tasdiqlangan:
Ще не вмерла України і слава, і воля, Душу й тіло ми положим за нашу свободу, |
Ещё не погибла Украины, и слава, и воля, Душу и тело мы положим за нашу свободу, —
|
Madhiyaning mashhur nashri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Norasmiy nashrdagi ko'plab ukrainaliklar madhiyani ushbu shaklda kuylashni afzal ko'rishadi (rasmiy matn bilan farqlar kursivda keltirilgan):
Ще не вмерла України ні слава, ні воля, Душу й тіло ми положим за нашу свободу, |
Не пропала Украины ни слава, ни воля, За свободу — не жалея ни души, ни тела, —
|
Chubinskiyning asl matni
[tahrir | manbasini tahrirlash]She'rning Lvovdagi "Meta" jurnalida nashr etilgan varianti (ukrain tilidan - "Nishon"), 1863-yil, 4-son[8] (zamonaviy imlo):
Ще не вмерла Україна Приспів: Душу, тіло ми положим Наливайко, Залізняк Приспів. Ой, Богдане, Богдане, Приспів. Наші браття слов’яни Приспів. |
Не погибла ещё Украина Припев: Душу, тело мы положим Наливайко, Северин Наливайко, Железняк, Максим Иевлевич Железняк Припев. Ой, Хмельницкий, Богдан Михайлович|Богдан, Богдан, Припев. Наши братья славяне Припев. |
Boshqa slavyan xalqlarining o'xshash qo'shiqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Polsha madhiyasi Mazurka Dąbrowski
- Xorvatiyaning mustaqilligi tiklanishi uchun olib borilgan kurash harakatining madhiyasi Još Hrvatska ni propala[9][ Zlatni Dukati — Još Hrvatska ni propala]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://zakon.rada.gov.ua
- ↑ https://zakon.rada.gov.ua
- ↑ https://zakon.rada.gov.ua/laws/show/2042-12
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2009-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-may.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Не вмре країна — Українська народна пісня[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ 6,0 6,1 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named602-IV
- ↑ Video YouTubeda
- ↑ Забытый автор гимна "Ще не вмерла Украина"
- ↑ http://www.youtube.com/watch?v=-tz6nIDDfSkdfgdf
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- За волю України. Антологія пісень національно-визвольних змагань. Упорядник Євген Гіщинський. — Луцьк: Видавництво «Волинська обласна друкарня», 2002. — 316 с.
- Салтан Н. М., Салтан О. М. Живи Україно незламна і сильна… Парламентські дебати навколо затвердження тексту Державного гімну України 4 та 6 березня 2003 року // Сіверянський літопис. Всеукраїнський науковий журнал. — 2016. — № 4 (130). — С. 16-36.