Usmon Matkarimov
Usmon Imonqulovich Matkarimov | |
---|---|
Tavalludi |
5-may 1922-yil |
Vafoti |
18-noyabr 1989-yil (67 yoshda) |
Usmon Matkarimov (05.05.1922—18.11.1989) — Qirgʻizistonning Isfana shahridagi kolxozning koʻp yillik raisi, siyosatchi, ijtimoiy faol.[1] Matkarimov Isfanani obodonlashtirishga katta hissa qoʻshgan.[2] Isfanada joylashgan Oʻzbek gimnaziyasiga Matkarimovning nomi berilgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Usmon Imonqulovich Matkarimov 1922-yil 5-mayda oʻsha paytda Samarqand oblastining Xoʻjand uyezdiga qarashli Isfana qishlogʻida tugʻilgan. 1929-yildan 1935-yilgacha qishloqdagi 7 yillik maktabda (hozirgi kundagi Isfana oʻrta maktabida) tahsil olgan.
1942-yil Ikkinchi jahon urushida jang qilish uchun oʻz xohishi bilan frontga ketgan. 1945-1946-yillarda Yapon urushida ham qatnashgan. Urushlar davomida Matkarimov ikki marta yarador boʻlgan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Matkarimov 1948-yildan 1953-yilgacha Laylak tumanida oziq-ovqat sohasida ishlagan. 1951-1952-yillarda Moskvada tayyorlash koʻrsidan oʻtgan. 1962-yildan 1967-yilgacha Toshkentdagi Qishloq xoʻjaligi institutida agronomiya sohasida tahsil olgan.[2]
1953-yil Is’hoq Razzoqovning buyrugʻi bilan „Qizil askar“ kolxozi boshqarmasining boshchisi qilib tayinlangan. Keyin „Budenniy“ va „Isfana“ kolxozlariga yetakchilik qilgan.
Matkarimov kolxoz raisi oʻlaroq Isfana yaqinidagi Abduvashid kanalining qazilishiga yetakchilik qilgan. Bundan tashqari, tunnel ochib, Isfana yaqinidagi Yayloq suvini koʻpaytirish ishlarini amalga oshirgan. Natijada Isfana yaqinidagi dalalarga suv olib kelingan.[2]
Matkarimov 10 marta Laylak tumani, 3 marta Oʻsh viloyati kengashiga deputat boʻlib saylangan. 1969-1970-yillarda Qirgʻiziston SSR Oliy kengashining navbatdagi chaqirigʻi deputati boʻlgan.[2]
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Isfana qishlogʻi va Laylak tumanining rivojlanishiga qoʻshgan hissasi uchun Usmon Matkarimov 1967-yil „Mehnat qizil bayroq“ ordeni bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, u „Hurmat belgisi“ ordenini ham olgan.[2] Nihoyat, Matkarimov Qirgʻiziston SSR Oliy kengashining 8 ta faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.[2]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Usmon Matkarimov haqida turkum mavjud |