Kontent qismiga oʻtish

Atsidoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atsidoz (yunoncha acidus – Nordon) – Organizmda (qon va suyuqliklarda) kislota-ishqor muvozanatining buzilishi: Bunda ishqoriy kationlar bilan kislota anionlari oʻrtasidagi nisbat oʻzgarib, anionlarning koʻpayib ketishi tomonga siljish roʻy beradi. Atsidozning kelib chiqish sababiga koʻra, gazli, gazsiz, moddalar almashinuvi bilan bogʻliq va boshqa xillari farq qilinadi. Bunda organizmda normal sharoitda meʼyori bilan parchalanadigan va tezda chiqib ketadigan kislotali moddalar ortiqcha hosil boʻlib, qonda va toʻqimalarda ularning konsentratsiyasi koʻpayib ketadi. Atsidoz uncha baland boʻlmasa, organizm toʻqimalaridagi reaksiya deyarli oʻzgarmaydi. Lekin Atsidoz ancha zoʻrayib ketganda organizm zaharlanib, unda talaygina oʻzgarishlar (ayniqsa ogʻir kechadigan qandli diabet) roʻy beradi: bemorning tobora tinkasi qurib, boshi ogʻriydi, koʻngli aynib, qayt qiladi. Hadeb mudraydi, hushidan ketadi. Atsidoz roʻy berganda darhol shifokorga murojaat etish kerak[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil