Kontent qismiga oʻtish

Jerri Kob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jerri Kobb
Tavalludi
Geraldyn Menor Cobb

5-mart 1931-yil (1931-03-05) (93 yosh)
Norman, Oklahoma, AQSh
Vafoti 18-mart 2019-yil(2019-03-18)
(88 yoshda)
Helotes, Texas, AQSh
Fuqaroligi Amerikacha
Taʼlimi Oklahomadagi Xotin-qizlar kolleji
Kasbi Uchuvchi, aviator
Faoliyat yillari 1948–2019
Dini Xristian
Otasi Uilyam H. Kobb
Onasi Helena Butler Ston
Mukofotlari Ameliya Earhart Oltin medali, Harmon xalqaro trofeyasi, Milliy Aviatsiya Faxriylari Zali

Jerri Kobb (1931-yil 5-mart – 2019-yil 18-mart) – amerikalik mashhur uchuvchi va aviator. U Mercury 13 guruhning aʼzosi boʻlib, bu guruhda ayollar tarixda ilk bor erkak astronavtlar bilan birga sinov mashqlaridan muvaffaqiyatli oʻtishgan[1].

Yoshligi va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jerri Kob 1931-yil 5-mart kuni, Oklahoma shtatining Norman shahrida tugʻilgan. Uning otasi polkovnik Uilyam Kobb, onasi esa Helena Butler Ston edi. Yosh Jerri bolalik davrini harbiy oilalar uchun odatiy boʻlganidek, doimiy koʻchib yurish bilan oʻtkazdi. Ularning oilasi bir muddat Vashingtonda yashab, keyin Oklahoma, Texas va Colorado shtatlariga koʻchib oʻtishdi. Kobb asosan Oklahoma shtatining Ponca shahrida bolaligini oʻtkazadi[2].

Aviatsiyaga boʻlgan qiziqishi otasi tufayli yanada kuchayadi. Birinchi marta Jerri 12 yoshida otasining Waco ikki qanotli samolyotida parvoz qiladi. U 17 yoshida yordamchi uchuvchi litsenziyasini oladi va 18 yoshida tijorat uchuvchisiga aylanadi. Kobbning aviatsiyaga boʻlgan intilishi 1948-yilda Oklahomadagi Xotin-qizlar kolleji talabalik davrida yanada kuchayib, u bu sohada faoliyatini boshlaydi[3].

Kobb 21 yoshida butun dunyo boʻylab xorijiy havo kuchlariga jangovar samolyotlar yetkazib berishni boshladi. 1959-yilda u Parij aviasalonida uchgan birinchi ayol uchuvchiga aylanadi va shu bilan birga, Ameliya Erxart unvonini qoʻlga kiritadi[4].

Kobbning aviatsiya sohasidagi faoliyati bilan birga NASA kosmik dasturida ham ishtirok etgan. 1961-yilda u NASA tomonidan kosmik dastur maslahatchisi etib tayinlandi va Mercury 13 sinovlaridan oʻtdi. Bu sinovlar davomida Kobb koʻplab oʻquv parvozlarini amalga oshirdi va ushbu sohada ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishda muhim rol oʻynadi[5].

  • Ameliya Earhart Oltin medali – ushbu mukofot aviatsiyada katta yutuqlarga erishgan ayollarga beriladi[6].
  • Yil uchuvchisi – 1959-yilda Kobb bu unvonga sazovor boʻladi[7].
  • Fédération Aéronautique Internationale oltin qanotlari medali – bu medali bilan faqat toʻrt nafar amerikalik taqdirlangan[8].
  • Harmon xalqaro trofeyasi – 1973-yilda Kobb bu mukofotni Prezident Richard Nikson qoʻlidan oldi[9].
  • Oklahoma Hall of Fame aʼzoligi – Kobbning aviatsiyaga qoʻshgan hissalari tufayli ushbu unvonga loyiq koʻriladi.[10]
  • Milliy Aviatsiya Faxriylari Zali – 2012-yilda Kobb bu nufuzli mukofot bilan taqdirlanadi[11].

Ijtimoiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jerri Kobb oʻz faoliyati davomida faqat aviatsiya bilan cheklanmay, ijtimoiy sohada ham faol edi. U Amazonka oʻrmonlarida yashovchi qabilalarga insonparvarlik yordami yetkazib beradi, ushbu ishi ortidan u Pioneer Woman mukofotiga sazovor boʻldi. Shuningdek, u And togʻlari ustidan yangi havo yoʻnalishlarini ochgani uchun Ekvador hukumati tomonidan taqdirlandi.[12][13][14]

  1. Bartels, Meghan „Jerrie Cobb, Record-Breaking Pilot and Advocate for Female Spaceflight, Has Died“ (en). Space.com (2019-yil 19-aprel). Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  2. Gant, Kelli „Women in Aviation“. The Ninety-Nines Inc.. Qaraldi: 2010-yil 12-mart.
  3. „Record free-fall“. Life. August 29, 1960. Qaraldi: 2023-11-14.
  4. Internet Encyclopedia of Science, Aviation Pioneers Accessed March 12, 2010
  5. Davis, Lou „Electra On Public Trial“. Flying Magazine (1961-yil fevral). Qaraldi: 2019-yil 8-oktyabr.
  6. Jerrie Cobb jerrie_cobb_facts.html "Jerrie Cobb, Facts" (autobiography), jerrie-cobb.org. Accessed March 13, 2010 (Wayback Machine saytida October 17, 2014, sanasida arxivlangan)
  7. Krebs, Albin. „5 Top Pilots Cited“ (1973-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2010-yil 13-mart.
  8. „Jerrie Cobb Receives Gold Wings Award“. FAI (10 iyul 1959).[sayt ishlamaydi]
  9. „Golden Plate Awardees of the American Academy of Achievement“. www.achievement.org. American Academy of Achievement.
  10. „Oklahoma Hall of Fame Inductees“. Oklahoma Hall of Fame (7 noyabr 1973).[sayt ishlamaydi]
  11. „Jerrie Cobb – Fact Sheet“. jerrie-cobb-foundation.org. 2010-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-mart.
  12. Haverstick, Mary. A Woman I Know – Female Spies, Double Identities, and a New Story of the Kennedy Assassination. Crown, 2023. ISBN 9780593727812. 
  13. Andy Kroll.. „The Filmmaker and the Superspy“ (2023-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 15-yanvar.
  14. Haverstick, Mary (November 11–12, 2023). „Space, secrets and the CIA: who was the real Jerrie Cobb?“. Weekend Australian Magazine (book extract). 22–27-bet. Qaraldi: 2023-11-15.