Sabah davlat masjidi
Masjid | |
Sabah davlat masjidi | |
Mamlakat | Malayziya |
Sabah | Kota-kinabalu |
Koordinatalar | 5°57′36″N 116°4′2″E / 5.96000°N 116.06722°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Meʼmor | Dato Baharuddin Abu Kassim |
Binokorlik | 1970—1975 |
Oʻlchami | 5000 namozxon |
Gumbazlar soni | 17 |
Gumbazlar soni | 17 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Sabah davlat masjidi Vikiomborda |
Sabah davlat masjidi (malaycha: Masjid Negeri Sabah) – Malayziyaning Sabah viloyati, Kota-kinabalu shahrida joylashgan davlat masjidi[1].
Tarixi
[edit | edit source]Sabah masjidining qurilish ishlari 1970-yilda boshlangan va 1975-yilda yakunlangan. Inshoot dizayni Dato Baharuddin Abu Kassim boshchiligidagi arxitektor Jurubina Bertiga tomonidan yaratilgan. Masjid 1977-yilning 28-iyunida oltinchi Yang di-Pertuan Agong Kelantan sultoni Yahyo Petra tomonidan rasman ochib berilgan.
Arxitekturasi
[edit | edit source]Sabah davlat masjidi oʻzining kulrang devorlari va zarhal naqshli yaltiroq mahobatli gumbazlari bilan meʼmorchilik durdonalaridan biri hisoblanadi. Inshoot Jalan Tunku Abdul Raman markazida joylashgan boʻlib, islom meʼmorchiligi va zamonaviy dizaynning noyob uygʻunligini oʻzida aks ettirgan. Masjid bir vaqtning oʻzida 5000 tagacha namozxonni oʻzida sigʻdira oladi[2].
Sabah davlat maqbarasi
[edit | edit source]Masjid yaqinida Sabah davlat maqbarasi joylashgan. 1976-yil 6-iyun kuni „Double Six Tragedy“ aviahalokatida halok boʻlgan Sabah bosh vaziri (1976) Tun Fuad Stephens ushbu maqbaraga dafn etilgan birinchi inson boʻlgan.
Mashhur dafn marosimlari
[edit | edit source]- Tun Fuad Stephens (Donald Stephens) – Sabah shtati Yang di-Pertua Negeri gubernatori (1973–1975) va Sabah bosh vaziri (1963–1964, 1973–1976), 1976-yilda vafot etgan.
- Tun Mohd Hamdan Abdulloh – Sabah shtat gubernatori (1975–1977), 1977-yilda vafot etgan.
- Tun Pengiran Ahmad Raffae – Sabah shtati gubernatori (1965–1973), 1995-yilda vafot etgan.
- Tun Muhammad Said Keruak – Sabah shtati gubernatori (1987–1994),1995-yilda vafot etgan.
- Tun Muhammad Adnan Robert – Sabah shtati gubernatori (1979–1987), 2003-yilda vafot etgan.
- Tun Sakaran Dandai – Sabah shtati gubernatori (1995–2002), 2021-yilda vafot etgan.
Galereya
[edit | edit source]-
Sabah davlat masjidining koʻchadan koʻrinishi
-
Sabah davlat masjidining yaqindan koʻrinishi
-
Sabah davlat masjidi gumbazi
-
Sabah davlat masjidi minorasi
-
Sabah davlat masjidining ichki qismi
-
Sabah davlat masjidining ichki tomi
-
Sabah davlat masjidining ichki qavati
Manbalar
[edit | edit source]- ↑ „MASJID NEGERI, SABAH“. 2023-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-dekabr.
- ↑ „Sabah State Mosque“.