Aftalar
Aftalar (yunoncha, aptha – yara) – ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining kasalligi. Bunda koʻpincha til uchi yoki lunj va milklarda oq-sariq dumaloq eroziya yoki yalligʻlangan yarachalar paydo boʻladi. Ular ogʻrib, chaynash, gapirishni qiyinlashtiradi. Ahyon-ahyonda burun, koʻz va jinsiy aʼzolar shilliq qavatida ham Aftalar uchrab turadi. Aftalar, baʼzan isitma, limfa bezlarining shishib ogʻrishi bilan oʻtadigan mustaqil kasallik yoki chillashir kabi meʼdaichak kasalliklarining asorati hisoblanadi. Aftalarning kelib chiqishi, kechishi va boshqa xususiyatlarga koʻra bir necha turlari farq qilinadi. Stomatit Aftalarning qayta-qayta qoʻzgʻaydigan alohida turidir.
Davosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Achchiq, shoʻr, nordon taomlar yeyish, spirtli ichimliklar ichish taqiqlanadi. Sutli hamda muloyim ovqatlar buyuriladi, shifokor tavsiya qilgan dori eritmasi bilan ogʻiz chayiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |