Bosh Sahifa
Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni: 293 206
Yevro-2016 (inglizcha: 2016 UEFA European Football Championship yoki EURO 2016) – Futbol boʻyicha oʻn beshinchi Yevropa chempionati. Musobaqa 2016-yilning 10-iyunidan 10-iyuligacha Fransiyada boʻlib oʻtgan. Mazkur musobaqada Ispaniya amaldagi chempion sifatida ishtirok etgan. Biroq Italiya terma jamoasiga 1/8 finaldayoq magʻlub boʻlib, ispanlar musobaqani tark etishgan. „Stade de France“ stadionida boʻlib oʻtgan final bahsida Portugaliya terma jamoasi Fransiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida birinchi marta Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan. Birinchi marta Yevropa chempionatining final bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etdi. 1996-yildan beri 16 ta jamoa chempionatning guruh bosqichida ishtirok etib kelayotgan edi. Yangi formatga koʻra, ishtirokchilar toʻrtta jamoadan iborat olti guruhga taqsimlangan. Soʻngra uchta raund va finaldan iborat pley-off bosqichi oʻtkazilgan. Oʻn toʻqqizta jamoa: toʻqqizta saralash guruhining har biridan 1- va 2-oʻrinni egallagan jamoalar va 3-oʻrinni egallagan eng yaxshi 4 ta terma jamoa mezbon Fransiya bilan birgalikda chempionatda qatnashish huquqiga ega boʻlishdi. 2015-yilning noyabr oyida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida ikki oʻyindan iborat pley-off bahslari oʻtkazilgan va soʻnggi toʻrtta ishtirokchi nomi aniqlab olingan. (Davomi...)
Daniya operatsiyasi (dancha: Invasionen af Danmark i 1940, nemischa: Die Besetzung von Dänemark ) — Uchinchi reyxning Daniya qirolligiga qarshi harbiy operatsiyasi. U 1940-yil 9-aprelda boshlanib, atigi 6 soat davom etgan. Vermaxtning birinchi zarbasi Daniya aviatsiyasiga qaratilishi natijasida Daniya harbiy-havo kuchlari jiddiy yoʻqotishlarga uchragan va keyingi jangovar harakatlarda ishtirok etmagan. Tonggi soat 5:15 da Vermaxtning 170-piyoda diviziyasi va 11-oʻqchi brigadasi Daniya–Germaniya chegarasini kesib oʻtib, hujum boshlagan. Shuningdek, ayni shu vaqtda nemis qoʻshinlari Kopengagenga kirgan. Daniya harbiy-dengiz floti dushmanga qarshilik koʻrsatmagan. Soat 7:20 da Daniya qiroli Christian X Daniya qurolli kuchlariga qarshilikni toʻxtatishni buyurgan. 7:30 da Norvegiya operatsiyasi uchun strategik jihatdan muhim boʻlgan Olborg aeroporti qoʻlga kiritilgan. Taxminan ertalabki 10:00 da Daniya armiyasining demobilizatsiyasi boshlangan. (Davomi...)
„Me at the zoo“ (tarjimasi „Men hayvonot bogʻidaman“) — YouTube platformasiga yuklangan ilk videorolik. Videorolik 2005-yil 23-aprel kuni yuklangan. 19 soniyali rolikda YouTube asoschilaridan biri, oʻsha paytda 25 yosh boʻlgan Jawed Karim Kaliforniyadagi San Diego hayvonot bogʻida ikkita fil oldida turgani va ularning uzun xartumiga eʼtibor qaratayotgani aks etgan. 2024-yil 31-avgust holatiga koʻra, video 332 milliondan ortiq marotaba tomosha qilingan. Ushbu videoni Karimning oʻrta maktabdagi doʻsti Yakov Lapitskiy tasvirga olgan. Jurnalistlar „Me at the zoo“ roligini YouTubening havaskor kontentiga bir misol sifatida koʻrsatishadi. Bir nechta nashrlar uni veb sayt tarixidagi eng muhim rolik deb atagan. Karim YouTubening foyda olish uchun qiladigan harakatlarini tanqid qilish maqsadida bir necha bor video tavsifini tahrir qilgan. (Davomi...)
Soʻnggi tanlangan roʻyxat
Iqtisodiyot boʻyicha Nobel xotirasi mukofoti laureatlari roʻyxati
Bitta oldingi tanlangan roʻyxat
- Donald Trump (suratda) AQShdagi prezidentlik saylovida gʻalaba qozondi.
- Braziliya milliy futzal terma jamoasi futzal boʻyicha 10-jahon kubogi gʻolibi boʻldi.
- „Andijon“ futbol klubi oʻz tarixida birinchi marta futbol boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi boʻldi.
- Livan va Suriyada Hizbulloh aʼzolari foydalanadigan elektron qurilmalar portlashi oqibatida kamida 37 kishi halok boʻldi, 3 200 dan ortiq kishi jarohatlandi.
- Zilzilalarni bashorat qilish metodi haligacha yoʻq.
- Islandiyadagi Eyjafjallajökull muzligi nomini dunyo aholisining 0.005 foizi toʻgʻri ayta oladi.
- Toʻybop qoʻshiqning matnini mashhur qiziqchi yozgan.
- Alfred Nobel nazariy fanlarga qiziqmagani uchun matematika boʻyicha mukofot taʼsis qilmagan (sevgilisi matematik bilan qochib ketgani uchun, degan gap esa afsonadir).
- Ravshan Ermatov futbol boʻyicha jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam sifatida Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan.
- Avtomobil oynalarini qoraytirish — jinoyat emas.
- Kompyuter sichqonini ishlatish mumkin boʻlgan ilk kompyuter Xerox Alto (tasvirda) boʻlgan.
- 1421 — Zuiderzee dambasi halokati natijasida 10 mingga yaqin gollandiyalik dengizga oqib etdi (tasvirda).
- 1626 — Rim papasi Urban VIII Rimda avliyo Pyotr cherkovini ochib berdi.
- 1918 — Admiral Aleksandr Kolchak Omskda harbiy toʻntarish qilib, Ufa direktoriyasini tarqatib yubordi va Butun Rossiya Omsk hukumatini tuzdi.
- 1978 — Gayanada „Xalqlar ibodatxonasi“ sektasining 918 nafar aʼzosi oʻz joniga qasd qildi.
- MediaWiki Viki dasturlash
- Meta-Viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi
- Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar
- Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami
- Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar
- Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus
- Vikimanba Ochiq kutubxona
- Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori
- Vikiombor Erkin mediafayllar ombori
- Vikiturlar Biologik turlar katalogi
- Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari
- Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar