Oʻzbekiston xalq rassomi
"Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi" faxriy unvoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | faxriy unvon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | rang tasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy-dekorativ, teatr va kino san’atini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 1996-yil 26-aprel |
„Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni — atoqli tasviriy san’at arboblariga rang tasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy-dekorativ, teatr va kino san’atini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun beriladi[1][2][3][4].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]• Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida molbert fonida taxta (palitra) moʻyqalamlari bilan, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap tomonida ramzning yuqorirogʻida “XALQ RASSOMI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
• Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.Tasvirlar va yozuv qabariq.
• Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, 26.04.1996-yildagi 226-I-son
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.08.2021
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi (toʻliq roʻyxat)
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi (toʻliq roʻyxat)