Lorisimon toʻtiqushlar
Qiyofa
(Qiltilli toʻtiqushlardan yoʻnaltirildi)
Lorisimon toʻtiqushlar (Lorinae), qiltilli toʻtiqushlar — toʻtilar turkumining kenja oilasi. 60 ga yaqin turi maʼlum. Eng yirigi kaptardek keladi. Patlari har xil rangli. Tilining uchida gul nektarini soʻrishga moslashgan ingichka oʻsimtasi boʻladi. Avstraliya, Polineziya, Yangi Gvineya, Molukka va Kichik Zond orollarida tarqalgan. Daraxt kovagiga uya quradi. Oʻrmonda yashaydi. Asosan, gul nektari bilan oziqlanadi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |