Velde Xenri Klemens van de
VELDE (van de Velde) Xenri (Anri) Klemens van de (1863.3.4, Antverpen — 1957.25.10, Syurix) — belgiyalik meʼmor va bezak sanʼati ustasi. "Modern" uslubining boshlovchilaridan. Nemis "Verkbund" birlashmasi (meʼmorlar, bezak sanʼati ustalari va sanoatchilarni birlashtiruvchi)ning asoschilaridan biri (1907). Mebel loyihalarida (1894-yildan), interer bezaklarida (Germaniya, Xagendagi Folkvang muzeyi, 1901—02) va kurili shlarda (Bryusseldagi Blumenverf uyi, 1895) "modern" uslubi tashabbuskori sifatida egri chiziqli shakl va bezaklardan foydalangan. Meʼmor va nazariyotchi sifatida ratsionalizm asoschisi va rahbarlaridan biri boʻlgan (Veymardagi Badiiy sanoat maktabi, 1904; Kyolndagi Verkbund teatri, 1914). Keyinroq funksionalizm asoschilaridan, nazariyotchisi va rahbarlaridan biri boʻldi (Veymardagi meʼmorlik va qurilish oliy maktabi; 1904—07; Gentdagi kutubxona, 1935—40; Otterlodagi Kryoller-Myuller muzeyi, 1938—54 va b.).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |