Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Gordlevskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vladimir Aleksandrovich Gordlevskiy [1876.25.9(7.10), Sveaborg — 1956.10.9, Moskva] — rus sharqshunosi, turkiyshunos; akademik (1946). Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1954), filologiya fanlari doktori (1934). Moskvadagi Lazarev nomidagi Sharq tillari instituti (1899) va Moskva universiteti (1904)ni tugatgan. Sharq tillari instituti (keyinchalik Moskva Sharqshunoslik instituti)da oʻqituvchi, professor (1907— 48), sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida boʻlim boshligʻi (1948—56). Asosiy ilmiy ishlari turk tili, adabiyoti, ogʻzaki ijodi, Turkiya tarixi, etnografiyasi va b. ga bagʻishlangan. G. "Turk tili grammatikasi" (1928) qoʻllanmasi muallifi.