Xonsyu
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 227 939,66[1] km2 |
Dengiz sathidan balandligi | m. |
Eng baland nuqtasi | Fudziyama |
Ma'muriyat | |
Davlat | Yaponiya |
Demografiya | |
Aholisi | 104 000 000 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Xonsyu, Xondo — Yaponiya arxipelagidagi eng katta orol, Yapon dengizi bilan Tinch okean oraligʻida. Maydoni 230,4 ming km² (atrofidagi orollar bilan birga 231 ming km²), uz. 1400 km dan ziyod. Orolda mamlakat axrlisining taxminan 80% yashaydi. Relyefi, asosan, togʻli. Orolning markaziy kismini yirik togʻ tizmalari (Ou, Xida, Kiso, Akaisi) egallagan. Vulkan koʻp, Fudziyama vulkani Yaponiyadagi eng baland choʻqqi (3776 m). Teztez kuchli zilzila boʻlib turadi. Sohil qismi kambar tekislik. Oltingugurt, qoʻrgʻoshin, pyx, neft, gaz konlari bor. Iklimi mussonli, okean iklimi, shimolida moʻʼtadil, janubida subtropik. Kuzda tayfunlar boʻladi. Daryolari qisqa, serostona, gidroenergiya zaxirasiga boy. Eng katta koʻli — Biva. Togʻlar keng bargli oʻrmonlar bilan krplangan, janubida subtropik doim yashil va igna bargli oʻrmonlar bor. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. X. — Yaponiyaning iqgisodiy jihatdan eng rivojlangan hududi. Tekisliklarda aholi zich, dehqonchilik rivojlangan. Yirik shaharlari: Tokio, Osaka, Nagoya, Kioto, Yokoxama, Kobe. Xoʻjaligi haqida Yaponiya maqolasiga q.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |