Zarifovlar sulolasi
Zarifovlar sulolasi - oʻzbek sirk sanʼati ustalari avlodi. Yangi oʻzbek sirk sanʼatining vujudga kelishida yetakchi oʻrin tutgan. Sulola boshligʻi Oʻzbekiston xalq artisti Zarifov Karim (1890 — Toshkent — 1960.20.12) — qiziqchi, muallaqchi, ot oʻrgatish va chavandozlikning asoschisi. Faoliyatini 8 yoshidan boshlagan. 1902 y. Toshkentda tashkil etilgan birinchi Oʻzbek yarim professional sirkning yosh aʼzosi. Shuningdek, davlat sirk sanʼati va xoʻjaligi ("Kooperativ", 1924; "Qizil sharq", 1927), Toshket davlat sirki (1930), sirk bilim yurti (1932) tashkilotchisi. Oʻzbek milliy sirkini yaratish tashabbuskori, murabbiysi. 3. oʻz faoliyati davomida anʼanaviy xalq sirkining besuyak, muallaqchilik, huqqabozlik, qiziqchilik, chavandozlik janrlarini rivojlantirdi, sirkni zamonaviy — gumbaz osti maydoniga mosladi va yangi sirk sanʼatiga asos soldi. 20-yillarda sirk qiziqchiligi va klounada, 30-yillarda "ot oʻyin" va "chavandozlik" sanʼatini birlashtirib yangi tomosha turini yaratdi. "Karim qiziq nima deydi?" nomli repertuar dasturi asosida rafikasi Muborak Zarifova bilan yangi sirk talablariga moye grim va ustboshlarda hajv va hazil mavzularida qiziqchilik qilgan, ot oʻyini va epchil chavandozlikni tomosha sanʼati daraja siga koʻtardi. Bu ishga oʻz oʻgʻilqizlari va b. yoshlarni jalb etdi.
Zarifova Muborak (1906.6.5 — Toshkent — 1992.1.3) — oʻzbek sirkining qiziqchilik — klounada janridagi birinchi aktrisa. Sirk sahnasiga ilk bor 1925 y. (erkakcha kiyimda) chik,qan. Eri bilan birgalikda sirk qiziqchiligi janrida ishlab, sirk repertuariga yangilik olib kirgan. "Kim kanday?", "Eshon oyim yoki tish doktori", "Ashula va sharpa" singari qiziqchilik antrelari bilan shuhrat qozongan. 1929 yildan eri va farzandlari (Hakimjon, Xolida) bilan chavandozlik qilib, ot ustida turli murakkab mashklar bajargan.
Zarifov Hakim (1924.17.9, Toshkent) — oʻgʻli. Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Toshkent davlat konservatoriyasini tugatgan (1946). Sirkda ishlab turib 1946—47 yillar Toshsovet musiqali drama teatrida dirijyorlik qilgan. Z.H. oila ijodiy anʼanasini rivojlantirgan va professionallik darajasini yuksaltirgan, oʻzbek sirkining jahonshumul dovrugʻini mustahkamlagan ijodkorlardan. Otasi yaratgan sirk chavandozligi maktabining davomchisi va rahbari. Oʻgʻilqizlari va nabiralarini ham shu yoʻlda tarbiyaladi. Oʻz faoliyati davomida oʻzbek sirk chavandozligini oʻta qaltis va murakkab xattiharakatlar, goʻzal tuye va musiqiy jilolar bilan boyitdi. Bu jilolarda epchillik, ishonch, shijoat, zavqushavq uygʻunlashib ketgan. Oʻzbek sirki chavandozligi maktabining hozirgi murabbiysi sifatida farzandlari, shogirdlari bilan mazkur sirk sanʼati maktabi istikbolini taʼminlagan.
Zarifova Xolida (1927.27.2, Toshkent) — qizi. Birinchilar qatori ish boshlagan oʻzbek sirki ayol sanʼatkorlaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1953). Uz ijodini 1937 yildan boshlagan. 1938 yildan ot ustida murakkab mashklar ijro eta boshlagan. 40y.lardan esa "Chavandozlar" dasturining kurki sifatida tanilgan va oʻrgatilgan ot ustida murakkab mashklarga oʻzbek milliy raqsini uygʻunlashtirib maxsus tomosha ijod etgan, yillar davomida rake murakkabligi, goʻzalligini takomillashtira borgan. Keyingi yillarda "kuzboylagʻich" janrini ham uzlashtirib tomosha koʻrsatdi. "Doʻstlik" ordeni (1998) bilan tadirlangan.
Zarifova Gavhar Hakim qizi (1949.12.1, Toshkent) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1980). Toshkent davlat sanʼat intini tugatgan (1982). Z.lar chavandozlik maktabining murakkab anʼanalarini oʻzlashtirgan. Uning otda chopishi, xattiharakatlari epkini nihoyatda baland boʻlib, yugurayotgan otning qornidan oʻtib, yana egar ustiga chiqadi, soʻng ot boʻyniga osilib aylanadi va yana egar ustida tik turib murakkab mashqlar bajaradi. Harakatlaridagi besuyakka xos mayin egiluvchanlik va tezkorlik fakat uning ijodiga xos.
Zarifov Anvar Hakim oʻgʻli (1956.9.6, Toshkent) — sirk chavandozi. Yeldek uchib borayotgan ot egaridan bosh bilan sirgʻalib otning qornidan oʻtib egarga oʻtiradi, soʻngra chap oyogʻi uzangida boʻlib, oʻzini dast pastga tashlab, boshi, kifti va ikki qoʻli bilan yerda sudralib borib, yana egarga oʻtiradi. Kifti va qoʻllariga tiralib, oyoqlarini osmonga tik koʻtaradi. Z.lar anʼanalarini kelajak avlodga yetkazishda sulolaning ishonchli vakili. G. va A. Zarifovlarning onasi Nina Zarifova (1924.29.11, Ivanovo viloyati) — sirk artisti, chavandoz, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1969). Xolida Zarifovaning farzandlari Regina Zarifova (1949.10.11, Toshkent), Oydin Toshkanboyeva (1953.30.10, Toshkent), Karima Faxriddinova (1960.12.1, Toshkent), Ulugʻbek Zarifov (1968.12.1, Toshkent)lar ham chavandozlik, dorbozlik, hayvon va parrandalar oʻrgatish va oʻynatish, qiziqchilik janrlarida ijod qiladilar. Bu farzandlarning otasi Faxriddin Sharifboyev (1928.11.5 Toshkent 1997.4.3) ham sirqda chavandoz boʻlgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1969). Gavhar Zarifovaning farzandlari Karima Zarifova (1982.5.2, Moskva), oʻgʻli Erkin Zarifov (1983.9.11, Moskva) Z.lar sulolasining toʻrtinchi avlodiga mansubdir. Karima sirkda oʻta murakkab hisoblangan besuyak ("Kauchuk") janrining tengi yoʻq yulduzi sifatida 1994 yilda Monte Karloda oʻtkazilgan sirk sanʼati yosh isteʼdodlarining jahon koʻrigi sovrindori, Parijda oʻtkazilgan (1995) "Kelajak sirkining yulduzlari" jahon festivalining gʻolibi sifatida oltin medalga sazovor boʻldi. Ukasi Erkin havo gimnastikasi janri ijrochisi.
Toshpoʻlat Tursunov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |