Zarih
Qiyofa
Zarih (forscha: ضَرِیح, urdu: ضَرِیح, hindcha: ज़रीह) yoki darīḥ (arabcha: ضَرِیح) odatda masjid yoki islom ziyoratgohlaridagi qabrni oʻrab turuvchi panjarali strukturadir[1]. Baʼzi hollarda, u koʻrgazmadagi diniy yodgorlikni himoyalab turish uchun ham qurilishi mumkin.
Zarih mohir ustalar tomonidan quriladi. U kumush kabi noyob metallardan yoki yogʻochdan tayyorlanishi mumkin. Zarihlarning hajmi kichik xonaning kattaligida boʻlishi mumkin[2].
Imom Husayn ziyoratgohida, Imom Ali haramida va Abdulqodir Gʻiloniy maqbarasida mashhur zarixlar qoʻllangan.