Kontent qismiga oʻtish

tuxum

Vikilug‘atdan olingan
2024-yil 21-fevral, 09:23 dagi Muzaffar Murodovich (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Tuxum

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tu-xum

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

TUXUM Bu ot ПРСda [toxm] shaklida (113), ТжРСda tuxm shaklida (400) keltirilgan; oʻzbek tiliga tojikcha shaklidagi xm tovushlari oradigʻiga u tovushini kiritib olingan; 'urgʻochi parranda, toshbaka va boshqa hayvonlarning bola ochish uchun qoʻyadigan, qobiqka oʻralgan jinsiy umurtqasi' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 236).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

\f. chtuxum - urugʻ, tuxum; avlod, nayel; sperma

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Urgʻochi parranda, toshbaqa va b. baʼzi hayvonlarnnng bola ochish uchun qoʻyadigan, qobiq bilan oʻralgan jinsiy yumurtqasi va shu narsa — tarkibida barcha oziq moddalariga ega boʻlgan taom mahsuloti sifatida. ◆ Tovuqning tuxumi. Oʻrdakning tu-xumi. Tuxum qilmoq. Qovurilgan tuxum. Tuxum yutmoq.

Anqoning tuxumi q. anqo. ◆ Nimasini su-rishtirasiz, mulla aka, xoʻjayinlar orasi-dan epaqaga keladiganini qidirish anqoning tuxumini qidirish bilan barobar ekan.. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . Tuxum bosmoq 1) tuxum qilish uchun moyak ustida oʻtirmoq. ◆ Bundan rosa un yil burun mana shu boloxo-nadagi qaznoqda tuxum bosib yotgan farangi tovuq birdaniga qoqolab, tom orqasiga Sobirjon qorinikiga uchib tushdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari; 2) joʻja ochish uchun maʼlum vaqt tuxumlarga bagʻrini berib yotmoq. ◆ Soʻrining burchagiga in qurgan musichaning tuxum bosib yotganini kuzatdi. Gazetadan; 3) koʻchma hech bir ish qilmay, uydan eshikka chiqmay yotmoq, loqayd yura-vermoq. ◆ Rahim tagʻin chetga surilardi, balki yana chakagini bogʻlab, uyda tuxum bosib qolardi. H. Nazir, „Soʻnmas chaqmoqlar“ . Tuxum bostirmoq Joʻja ochib chiqarsin uchun, kurk boʻlgan tovuqning ostita tuxum qoʻymoq. ◆ Komiljon bostirgan tuxumlar joʻja boʻl-may, palagʻda chiqib qoldimi ? I. Rahim, „Ixlos“ . Tuxum ochmoq Tuxum bosib yotib, joʻja chiqarmoq. Tuxum urishtirmoq (yoki oʻynamoq) Pishgan tuxumlarni bir-biriga urib, kim-niki sinmay qolishga oʻynamoq. ◆ Ikki ariq-ning atrofiga choyxonalar ochilardi.. Qi-morbozlik boʻlardi, mozorlardan shayx va qalandarlar kelardi.. tuxum oʻynashardi, soʻngra mastbozlik. I. Rahim, „Ixlos“ . Tuxum-ga kirmoqTuxum qila boshlamoq. ◆ Tovugʻimiz tuxumga kirib qoldi. Tuxumdan chiqmoq 1) guxum qilmay qoʻymoq; 2) tuxumni yorib chiq-moq, joʻjalamoq. Tuxumi ogʻziga kelmoq (yoki tiqilmoq) Juda ziq, tang ahvolda qolmoq. ◆ Oxiri tuxum ogʻziga kelganda, "ha boʻl, ha boʻl"ga tushib, shoʻr yerning yarmini ham yuvol-madik. "Mushtum" .

2 biol. Jinsiy hujayra. ◆ Tuxum yoʻli. Tuxum hujayrasi.

3 bot. Urugʻ. ◆ Oshqovoqning tuxumi.

4 koʻchma Nayel, avlod, zurriyot, zot. ◆ Tuxumi qurigan hayvonlar. n ◆ Koʻk qurt! Yomon ofat. Gʻoʻzaning zavoli. Tezda tuxum-tu-xumini quritish kerak. R. Azizxujayev, „Yashil chayla“ . ◆ Oʻlsam oʻlayin, odam tuxumidan qoʻrq-mayman. "Oysuluv" .

Tuxmi odam (yoki inson) Odam zoti. Sultonim, bir kun boʻlgan odam, bir kun oʻla-di, tuxmi odam boshida shu savdo bor. "Gu-lixiromon". Tuxumini quritmoq (yoki qir-moq) Butunlay yoʻq qilmoq. ◆ Agarda najo-timiz qipchoq tuxumini quritishda boʻlsa, meni ham ossinlar! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . U [◆ Davlatyor] figʻon chekayotir: -Seni oʻldirganning tuxumini qiraman, akajonim! P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .

5 koʻchma Umuman, yuzaga keltiruvchi narsa, urugʻ. ◆ Agar siz nafsilamrga qarasangiz, ikki xalqni bir-biriga sovuq koʻrsatib, adovat tuxumini sochib keluvchi bir necha-gina odam bor.. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТУХУМ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

tuxum
1 яйцо; // яичный; яйцевой; ◆ yangi tuxum свежее яйцо; ◆ tuxum yoʻli яйцевод; ◆ tuxumning oqi яичный белок; ◆ tuxum hujayrasi биол. яйцевая клетка; ◆ tuxum quymoq яичница; ◆ tuxum qilmoq класть яйца, нестись; ◆ tuxum bosmoq 1) сидеть на яйцах; 2) перен. сидеть сиднем; ◆ tuxum bostirmoq сажать на яйца; ◆ tuxum qoʻymoq откладывать яички; метать икру; ◆ tuxumga qirmoq начать нестись; ◆ tuxumdan chiqmoq 1) перестать нестись; 2) вылупляться из яйца;
2 семена; ◆ qovoq tuxumi семена тыквы;
3 перен. потомство; семейство; ◆ tuxumi qurigan hayvonlar вымершие животные; ◆ tuxumini quritmoq уничтожить, истребить до конца (кого-что-л.); ◆ 

  • tuxumi ogʻziga kelganda разг. когда приспичит, когда подпирает.


Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tu-xum

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

"Tuxum" — 1) urgʻochilik jinsiy hujayrasi (q. Tuxumhujayra); 2) tarkibida barcha oziq moddalarga ega boʻlgan parranda mahsuloti. Isteʼmol uchun, asosan, tovuq, bedana, sesarka T.lari ishlatiladi. |I. Rahim|Zangori kema kapitani}}. Sifati, vazni, muddati va saqlanish sharoitiga qarab parhez va oshxona (oddiy) T.lariga ajratiladi. Yangi, yuqori sifatli, sovuq haroratda saqdanmagan, muddati 7 kundan oshmagan ◆ Mundoq tuxum T.lar parhez T. hisoblanadi.

tuxum (koʻplik tuxumlar)

Tillar