Kontent qismiga oʻtish

tavba

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tav-ba

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

[a. — aybiga iqror boʻlish;

</a><™ yaʼ*.

gunohlari uchun kechirim soʻrab yolvorish] 1 Qilmishidan taʼzir yeb yoki pushaymon boʻ-lib, uni qaytarmaslik uchun qilingan azm-qaror, berilgan vaʼda yoki qilmishi uchun soʻralgan uzr. ◆ Mening tavbamni loaqal oʻz-laringiz uchun qabul qilingiz! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Ammo xalq bunday yolvorishlar-ga, tavba, tazarrularga quloq solmadi, chunki ish oʻtgan, gʻisht qolipdan koʻchgan edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

2 und. s. Taajjublanish, hayronlikni bildiradi. ◆ Tavba, odam yaqin kishisidagi kamchilikni koʻrmas ekanmi, deb qoʻydim. H. Nazir, „Yonar daryo“ . ◆ Uz uyida oʻtirgan qiz bir kechada yoʻq boʻlsin, tavba! OShek, Tanlangan asarlar .

3 Biror gʻayritabiiy narsa, hodisa oldida istigʻfor aytish, xudodan kechirim soʻrash maʼnosida qoʻllanadi. ◆ Hadeb: "Oʻzing kechir", "tavba", "astagʻfirullo" deyaverasiz-a.. "Guldasta". ◆ Tavba deng, bolam, boʻydoqsiz, yana shunday tannozlardan biriga uchrab.. "Guldasta" . ◆ Xudoyo tavba, denglar, ikki dunyo-da eshitmaylik! P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .

4 din. Tasavvufda: solikning tariqat sari qadam qoʻyishidan oldin qilgan barcha gunoxdaridan tavba qilib, kelajakda biror gunoh ishni qasddan qilmaslikka azmu qaror qilishi.

Tavba qilmoq Tavbani bildiruvchi soʻz-larni, shuningdek, "tavba" soʻzining oʻzini aytmoq. ◆ E xudo, tavba qildim! Osiy ban-dangni oʻzing kechir! Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Sobirning qiyofasida tanbeh yeb, tavba qi-lish emas, oʻz istagidan qaytmaslik hissi barqaror edi. F. Musajonov, „Himmat“ . ◆ Qarol, xizmatkor boʻlib ishlashga tavba qildim, kishi bir marta aldanadi-da. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . Tavbasiga tayanmoq Qilmishidan nihoyatda pushaymon holatda, taʼzirini yegan holatda boʻlmoq, shunday holatga tushmoq. ◆ Balki oʻzi insofga kelgandir, tavbasiga tayangandir.. M. Xayrullayev, „Tilda marjoy“ . ◆ -Xoʻp, ketaman. Lekin bilib qoʻying.. pushaymon yeysiz, tavbangizga tayanib qolasiz, dedi Anvar. 3. Fatxullin, Soʻnmas yulduz.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТАВБА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

tavba
1 сожаление, раскаяние, покаяние; зарок; обет; ◆ tavba qilmoq раскаиваться, каяться; зарекаться; ◆ tavba qildim, endi qilmayman каюсь, больше не повторю; ◆ unikiga borishga tavba qildim я зарекся к нему ходить; больше никогда не пойду к нему; ◆ tavbasiga tayandi 1) он зарекся (что-л. делать); 2) он получил хороший урок; его хорошо проучили;
2 междометие, выражающее удивление бог мой!; о боже!; вот так так!; вот тебе и на!; ◆ tavba! Eshon "gardkam" deb oshiq otadimi, a? (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Боже мой! Ишан - играет с азартом в альчики, а?