4 May 2024 897

Parij-2024 litsenziatlari: Qibray oʻgʻloni Ruslan Abdullayev


Joriy yilning eng muhim sport musobaqasi tobora yaqinlanib kelmoqda. Bugun Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining boks bahslarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan jahon chempioni Ruslan Abdullayev haqida batafsil maʼlumot beramiz.

Abdullayev Ruslan Anvar oʻgʻli 2002-yil 18-oktyabr kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida dunyoga kelgan. 2014-yildan turli yosh toifalaridagi xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilib kelmoqda. 2021-yildan kattalar terma jamoasi tarkibiga jalb qilingan. Murabbiyi Yergali Yarashov. Abdullayev 2022-yildan oʻziga xos texnikasi va kuchli zarbalari bilan xalqaro maydonda ulkan yutuqlarga erishib kelmoqda. Oʻsha yilning boshida dastlab Toshkentda oʻtgan U22 yosh toifasidagi Osiyo chempionati, soʻng Iordaniyada kattalar oʻrtasidagi qitʼa birinchiligida -63.5 kg vazn toifasida tengsiz boʻldi. Bir yil oʻtib poytaxtimiz mezbonlik qilgan jahon chempionatida ham oltin medal sohibiga aylandi. Koʻrsatgan natijalari evaziga “Kelajak bunyodkori” medali hamda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Abdullayev joriy yilning 3-11-mart kunlari Italiyada oʻtgan jahon litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali -63.5 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga sazovor boʻldi.

Text to speech