Joseph Stiglitz
Qiyofa
STIGLITS (Stiglitz) Jozef (1943.9.2, Gari sh., AQSH) — amerikalik iqtisodchi. 1967 yilda Massachusets texnologiya intida drlik darajasini olgan. Yel, Garvard va Stenford universitetlarida dars bergan. AQSH prezidenti B.Klintonning iqtisodiy maslahatchilari kengashi aʼzosi (1993—1997). 1997—2000 y. Jahon banki vitseprezidenti va bosh iqtisodchisi. 2001 yildan NyuYork shahridagi Kolumbiya universiteti prof. S. assimetrik axborotlarga asoslangan bozor nazariyasini asoslab berdi. Mukammal axborotga ega boʻlishning iqtisodiy samarasini isbotladi. Nobel mukofoti laureati (2001; J. Akerlof va M. Spet bilan birga)[1].