Kontent qismiga oʻtish

Apgar shkalasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 24-sentyabr, 17:35 dagi Mr.Abdukarimovich (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Virjiniya Apgar yangi tugʻilgan bolani tekshirmoqda

Apgar shkalasi — yangi tugʻilgan bolaning holatini tezda baholash tizimi.

Anesteziologlarning 27-yillik kongressida(1952) amerikalik anesteziolog Virjiniya Apgar birinchi marta hayotning ilk daqiqalarida yangi tugʻilgan bolaning holatini baholash uchun oʻzi ishlab chiqqan tizimni taklif qildi. Bu reanimatsiya muolajalariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash uchun bolaning dastlabki holatini baholashning oddiy usuli.

Oʻlchov beshta koʻrsatkichni oʻz ichiga oladi, va har biri 0 dan 2 gacha boʻlgan ballarda butun son bilan baholanadi. Baholash natijasi 0 dan 10 gacha.

Apgar bali yangi tugʻilgan bolaning ota-onasiga xabari beriladigan, bolaning vazni va boʻyi bilan birga uchinchi koʻrsatgich hisoblanadi.

Koʻrsatkichlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Apgar shkalasi uchun beshta koʻrsatkich:

  0 ball 1 ball 2 ball
Terining rangi Umumiy rangparlik yoki umumiy siyanoz Tanasi pushti, oyoq- qoʻllari tsianotik Butun tanasi va oyoq-qoʻllarining pushti rangi
Nafas olish Yoʻq Zaif (gipoventiliya) Faol yigʻlash, ritmik nafas olish
Pulslar soni < 60 yoki yoʻq 100 dan kam 100 va undan koʻp
Harakatchanlik yoʻq ogʻriqqa reaktsiya qiladi Qattiq yigʻlash faol harakatlar
Mushak tonusi yoʻq oyoq- qoʻllarning qisman bukilishi Harakatning faolligi

Natijalarni hisoblash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baholash odatda tugʻilgandan keyin bir-besh daqiqa ichida amalga oshiriladi va natijalar salbiy boʻlsa, qayta tekshiriladi. 3 dan kam ball yangi tugʻilgan bolaning ogʻir ahvolini koʻrsatadi, 7 dan ortiq ball yaxshi (normal) hisoblanadi.

Apgar shkalasi tibbiyot hodimlari uchun qaysi bolalar kuchliroq nazoratga muhtojligini aniqlash uchun ishlab chiqilgan. 5 ball olgan bola 7 dan 10 gacha ball olgan bolaga nisbatan kuchliroq nazoratga muhtojligini anglatadi. Tugʻilgandan keyin 1- daqiqada 5-6 ball olgan, lekin 5- daqiqada 7 — 10 ball olgan bola sogʻlom hisoblanadi. Apgarning 5 bali bilan hayotni boshlagan va tugʻilgandan keyin 5 daqiqadan soʻng ham 5 ballda qolgan bolalar reanimatsion yordamga muhtoj hisoblanadi. Maksimal 10 ball kamdan-kam hollarda uchraydi.

Ingliz tilida soʻzlashadigan mutaxasislar uchun mnemonik qoida(1963-yilda pediatr Jozef Batterfild tomonidan kiritilgan):

  • A ppearance- tashqi koʻrinishi (terining rangi);
  • P ulse (yurak tezligi) — bolaning pulsi (yurak urishlari soni);
  • G rimace —(stimulyatsiyaga javob) — mushaklar tonusi;
  • A ctivity — harakatchanlik;
  • R espiration-nafas olish harakatlari.

Quyidagi neologizm ham qoʻllanadi: American Pediatric Gross Assessment Record.

Ingliz tilida quyidagi mnemonik qoida ham qoʻllanadi: How Ready Is This Child (soʻzma — soʻz-bu bola qanchalik tayyor), bu yerda:

  • H eart tezligi—yurak urish tezligi,
  • R espiratory effort—nafas olish,
  • I rritability—reflekslar va asabiylashish,
  • T one—mushak tonusi,
  • C olor—terining rangi.

Barcha koʻrsatkichlar tugʻilgandan keyin hayotning birinchi, beshinchi va oʻninchi daqiqalarida qayta tekshiriladi.

  • Sears W, Sears M. kichkintoyingiz tugʻilgandan ikki yoshgacha. M.: Eksmo, 2006 Yil.

Xomilaning etukligi, Apgar shkalasi.

https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A8%D0%BA%D0%B0%D0%BB%D0%B0_%D0%90%D0%BF%D0%B3%D0%B0%D1%80