Tosh suvsar
Tosh suvsar | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Sinf: | Sutemizuvchilar |
Urugʻ: | Martes |
Qaysi hayvonlarga o'xshaydi | |
Ushbu hayvon uy mushugiga juda o'xshab ketadi | |
Sinonimlari | |
tosh suvsar, uy suvsar, oq suvsar |
Tosh suvsar (Martes foina), shuningdek, uy suvsar yoki oq koʻkrakli marten sifatida ham tanilgan, Yevropa va Markaziy Osiyoning koʻp qismida yashaydigan marten turidir.Tosh suvsar jalab bo'ladi.
Tavsifi
Yoqimli, aqlli va shoʻx ariq sichqonga oʻxshash ushbu hayvonning vatani Markaziy Osiyo va Yevropa boʻlsada, Shimoliy Amerikaning bir qancha joylarida ham uchrab turadi. Bu susarlarning rangi och kulrang-jigarrangdan to quyuq jigarranggacha farq qiladi. Hayvonning boʻynidan koʻkragiga qadar iyak ostida oq chiziq koʻrinish mumkin. Ammo, baʼzi sharqiy va janubiy hududlarda oq chiziq umuman yoʻq. Yosh suvsarlarning orqasida kulrang moʻynasi bor. Ushbu hayvon uy mushuki bilan bir xil oʻlchamda, ammo nozikroq tanaga ega.[1]
Suvsar haqida
Hayot davomiyligi: 3-18 yil
Ogʻirligi:1.5-2.5 kg
Uzunligi: 42-48 cm
Koʻpayishi
- Koʻpayish mavsumi: Iyun-Avgust
- Homiladorlik davomiyligi: 7.5-9 oy
- Mustaqil yashashni boshlaydigan mudday: 2 oydan soʻng
- Bolasining nomlanishi: kit
Oziqlanish
Tosh suvsarlar hamma narsalarni, xususan, kichikroq sut emizuvchilarni, mevalarni va tuxumlarni isteʼmol qilishadi.[2]
Aholi
Tabiiy tahdidlar
Tosh suvsarlar baʼzan zararkuranda boʻlganliklari uchun taʼqib qilinadi. Shuningdek, ular Hindiston, Rossiya va boshqa mamlakatlarda moʻynalari sababli ovlanadi. Biroq, bu tahdidlarning ushbu hayvonlarning sonini keskin darajada pasayishiga olib kelishi haqida hech qanday dalil mavjud emas.
Aholi soni
IUCN maʼlumotlariga koʻra, tosh suvsarlar keng tarqalgan, ammo umumiy aholi soni hisobi mavjud emas. Hozirgi vaqtda bu tur IUCN Qizil roʻyxatida „Eng Kam Tashvishli“ deb tasniflangan va bugungi kunda uning soni barqarorligicha qolmoqda.[3]
Ekologik joy
Tosh suvsarlar Markaziy Yevropadagi sichqonlar va kalamushlar kabi zararkunandalarining aholi sonini nazorat qilishga yordam beradi va tulkilar, yovvoyi mushuklar va boyqushlar kabi hayvonlar uchun oʻlja hisoblanadi. Oʻrmonli hududlarda ular urugʻlarning tarqalishiga hissa qoʻshishi mumkin va Markaziy Yevropa oʻrmonlarida mevali oʻsimliklarning urugʻlarini tarqalishi uchun muhim hisoblanadi.
Manbalar
- ↑ „Beech Marten“ (inglizcha). Qaraldi: 16-sentyabr 2023-yil.
- ↑ A. Balestrieri; L. Remonti, R. B. Capra, L. Canova & C. Prigioni. „Food habits of the stone marten (Martes foina) (Mammalia: Carnivora) in plain areas of Northern Italy prior to pine marten (M. martes) spreading“ (ingilizcha) (15-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 16-sentyabr 2023-yil.
- ↑ Abramov, A.V., Kranz, A., Herrero, J., Choudhury, A. & Maran. „Beech Marten“ (ingilzcha). The IUCN (4-mart). Qaraldi: 16-sentyabr 2023-yil.
Havolalar
Pine marten or stone marten – Waldwissen.net
Beech Marten – Animalia.bio – onlayn hayvonlar ensiklopediyasi