Dojlar saroyi
Appearance
Dojlar saroyi - Italiya gotika meʼmorligining ulkan obidasi (9—15-asrlar). San-Marko sobori va kutubxo-nasi hamda boshqa binolar bilan uygʻunlashgan holda shahar meʼmoriy ansam-blini tashkil etgan. Venetsiya davlati hukumat boshliqlari (dojlar)ning qarorgohi boʻlgan hashamatli saroy (18-asr oxiridan muzey) gotika (14—15-asrlar) va renessans (15—16-asrlar) uslubida qayta qurilgan. "Katta maslahat" zali (54x25 m, bal. 15,4 m)da P. Veroneze, Tintoretto, J. B. Tyepolo va b. mashhur rassomlarning asarlari, namoyonlarga ishlangan rasmlari saqlangan. D. s. meʼmorligida Italiya va arab-musulmonlarning anʼanalari (bosh tarzining yuqori qismi yaxlit oynali, peshayvoni serustunli, qator ravoqli va b.) uygʻunlashib ketgan.
Adabiyot
[edit | edit source]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |