Şişli masjidi
Masjid | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Şişli tumani |
Manzil | Büyükdere xiyoboni, Halaskargazi va Abide-i Hürriyet koʻchalari oʻrtasidagi Şişli maydoni |
Koordinatalar | 41°03′41″N 28°59′16″E / 41.06139°N 28.98778°E |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Meʼmor | Vasfi Egeli |
Binokorlik | 1945—1949 |
Gumbazlar soni | 1 ta asosiy, 3 ta yarim gumbazlar |
Gumbazlar soni | 1 ta asosiy, 3 ta yarim gumbazlar |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Qurilish materiali | grit tosh |
Şişli masjidi Vikiomborda |
Şişli masjidi (turkcha: Şişli Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri, Şişli tumanidagi Büyükdere xiyoboni, Halaskargazi va Abide-i Hürriyet koʻchalari oʻrtasidagi Şişli maydonida joylashgan masjid[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1940-yillarda shahar hududining tezlik bilan kengayishi tumanda birorta ham masjid yoʻqligini koʻrsatadi va aholi bu hududda ham alohida masjid binosini qurishni talab qilgan.
Şişlidan Tünelgacha boʻlgan hududda Hüseyin ogʻa masjididan boshqa masjid boʻlmagani va aholi ehtiyojini qondirmagani uchun Şükrü va Yusuf Gürün ismli ikki savdogar aka-uka Şişlida masjid qurish uchun 100 ming turk lirasi xayriya qilgan. 1944-yilda ular vaqflar bosh boshqarmasiga masjid qurish istagida ekanliklarini bildirishgan[2][3]. Halâskârgazi koʻchasida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida masjid uchun mos joy topilmagani uchun qurilishni Şişli maydoniga qarovchi va ilgari otliqlar kazarmasi sifatida xizmat qilgan maydonda amalga oshirishga qaror qilingan[2][3]. Istanbul hokimi Lütfi Kirdarga hokimlikka tegishli bu yerni masjid qurilishi uchun ajratilishi maqsadida ariza berilgan. Taklif maqsadga muvofiq deb topilib, shahar kengashi qarori bilan belgilangan yerga masjid qurishga qaror qilingan[2][3][4]. Istanbul vaqflari bosh direktori Vasfi Egeli quriladigan masjidning meʼmori etib belgilangan[3][4].
Meʼmor Ali Vasfi Egeli tomonidan Usmonli meʼmorchiligining klassik uslubda ishlab chiqilgan masjid qurilishi 1945-yilda boshlangan va 1949-yilda toʻliq qurib bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan. Bu Turkiyada 1923-yildan keyin respublika davrida qurilgan birinchi masjid hisoblanadi.
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Grit toshdan qurilgan masjid devor bilan oʻralgan hovlida joylashgan boʻlib, bino uchta darvozaga ega. Masjidning kirish qismi ayvonli, tepasida uchta yarim gumbaz bilan oʻralgan bitta asosiy gumbaz va bitta muqarnasli galereyadan iborat minorasi mavjud.
Kirish eshigi tepasida arab yozuvida Hamid Aytaç (1891–1982) tomonidan arab xattotligida bitilgan yozuv, hovli oʻrtasida esa oʻn ikki burchakli tahorat oladigan shodirvon mavjud. Hovlida imom, muazzin, boshqa masjid amaldorlari uchun joylar va kutubxona ham mavjud[5].
Masjidga zinapoyalar orqali kirish mumkin. Ichkarida, markazda marmar favvora joylashgan. Masjid poli atirgul rangli gilam bilan qoplangan va yer ostidan isitiladi. Bino shifti turli bezaklar bilan bezatilgan. Ichki devorlarida kalligrafik yozuvlar mavjud. Marmardan yasalgan mehrob ustidagi derazalar vitrajdan ishlangan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Masjidning Abide-i Hürriyet koʻchasiga qaragan fasaddan koʻrinishi (2013-yil iyul)
-
Masjidning old koʻrinishi
-
Kirish qismidago lavh
-
Orqa tomonda qandil, devor va gumbaz detallari
-
Gumbazning ichki koʻrinishi
-
Masjid ichidagi favvora
-
Birinchi qavatdagi deraza
-
Galereyadagi ustunlarga ishlangan bezaklar
-
Shiftdagi qoʻlda ishlangan bezaklar
-
Tashqi qismidagi bezaklardan biri
-
Masjid qurilishida xayr-ehson qilgan odamlarning nomlari keltirilgan lavhlar va xayriya miqdori (2021-yil yanvar)
-
Masjidning kirish qismidan koʻrinishi (2015-yil noyabr). Orqa tomonda darvoza, old tomonida favvora mavjud
-
Abide-i Hürriyet koʻchasiga qaragan kirish qismi (2021-yil yanvar)
-
Kutubxona binosidan koʻrinishi
-
Kutubxona binosining eshigi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tarihçemiz“ (Turkish). Şişli Camii Şerifi Vakfı. Qaraldi: 2014-yil 26-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Şişli Camii“. Arkitekt. № 263-264–265-266. 1953. 169–177-bet.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Şişli Camisinin inşası ilerliyor“ (PDF). Arkitekt. № 179–180. 1946. 268–270-bet. 29 Aralık 2020da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 29 Aralık 2020.
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|access-date=
va|archive-date=
(yordam) - ↑ 4,0 4,1 „Şişli Câmii Şerifi“. İstanbul Enstitüsü Dergisi. 2-jild. İstanbul: İstanbul Matbaası. 1956.
- ↑ „Şişli Camii“ (Turkish). İstanbul Net (2012-yil iyun). Qaraldi: 2014-yil 26-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dünden Bugüne İstanbul Ansiklopedisi (Turkish). Tarih Vakfı, 1994 — 185-bet. ISBN 975-7306-00-2.