Aberdin
Qiyofa
AZberdin – Birlashgan Qirollikdagi shahar, Shotlandiyada. Grampian rayonining maʼmuriy markazi. Aholisi 211 ming kishi (1988-yil). Shimoliy dengiz boʻyidagi port va dengizdagi neft konlarining boshqaruv markazi. Baliq qayta ishlanadi. Toʻqimachilik, kemasozlik, kimyo korxonalari, universitet (1494-yil), gotika sobori (1336-1522-yillar) bor. XII-XIV asrlarda Shotlandiya qirollarining qarorgohi. Aberdin atrofidan granit qazib olinadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |