Kontent qismiga oʻtish

Aeta (tub aholi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aeta (atta, inagta) — Filippin o.larining tub aholisi, past boʻyli (140 — 150 sm) negroid qabilalar guruhi. 40 mingga yaqin (1987-yil). Aeta malayya-polineziya tillari oilasiga mansub bir-biriga oʻxshamagan shevalarda gaplashadilar. Hozirgacha qadimgi diniy eʼtiqodlar (qabilaviy animizm) saqlanib qolgan. Aeta ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qrloq, koʻchmanchi qabila boʻlib, terimchilik va ovchilik bilan shugʻullanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil