Kontent qismiga oʻtish

Ahmadiya masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmadiya masjidi
Ahmadiya masjidi

Ahmadiya masjidi — Istanbulda qurilgan mahobatli meʼmoriy obidalarning eng kattasi (1609-1614). Me’mor Mehmed Ogʻa (1540-1620) qurgan. Ahmadiya masjidi katta qubbali oldi tomoni baland minorali bino. Minoralar atrofida esa kichik peshayvonlar bor. Masjid ichidagi devorlar, yashil, oq va havo rangdagi koshinlar bilan bezalgan boʻlib, gilamni eslatadi. Derazalardan tushgan nur rangdor bezaklarda jilolanib, kishi diliga orom bagʻishlaydi. Minoraning qubbalari koʻkka tutashib ketganday tuyuladi. Ahmadiya masjidi turk meʼmorchiligi tarixida alohida oʻrin egallaydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil