Ahmed Khalil
Ahmad Xalil Sebayt Muborak al Junaybiy (arabcha: أحمد خليل) — amirlik futbolchisi, „Shabab Al-Ahli“ klubi va BAA terma jamoasi hujumchisi hisoblanadi.
Axmed Xalil | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Umumiy maʼlumotlar | |||||||||||||
Toʻliq ismi |
Axmed Xalil Sebayt Mubarak al-Djunaybi | ||||||||||||
Tugʻilgan |
8-iyun 1991-yil (31 yosh) | ||||||||||||
Fuqaroligi | |||||||||||||
Boʻyi |
180 cm | ||||||||||||
Vazni |
85 kg | ||||||||||||
Pozitsiyasi |
Hujumchi | ||||||||||||
Klub haiqda maʼlumotlar | |||||||||||||
Klub | |||||||||||||
Xalqaro medallari | |||||||||||||
| |||||||||||||
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U sakkiz yoshida „Al-Ahli“ klubi (Dubay) maktabida futbol o‘ynay boshlagan. 2006-2007-yilgi mavsum oʻrtalarida u birinchi tarkibga kiritilgan. 2007-yil 13-may kuni „Al-Vahda“ ga (4:1) qarshi o‘yinning 89-daqiqasida u klubdagi ilk golini kiritgan
„Al Ahli“ tarkibida u 2008-2009, 2013-2014 va 2015-16 yilgi mavsumlarda uch karra BAA chempioniga aylangan- Osiyo klub turnirlarida va Fors koʻrfazi mamlakatlari mintaqaviy turnirlarida qatnashgan. 2015-yilda u OChL finalchisiga aylangan.
Jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlar jamoasi tarkibida
[tahrir | manbasini tahrirlash]15 yoshidan BAA yoshlar terma jamoalariga, 17 yoshida esa ilk bor asosiy jamoaga chaqirilgan . Bir necha yil davomida u bir vaqtning oʻzida uchta terma jamoada oʻynagan.
17 yoshlilar oʻrtasidagi Fors koʻrfazi kubogida (2006) 5 ta gol bilan chempion va toʻpurar boʻldi. 19 yoshlilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida (2008) 4 ta gol bilan gʻolib va toʻpurar boʻldi, shu jumladan Oʻzbekistonga qarshi final oʻyinida (2:1) ikkala gol urgan va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. . 2009-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida u chorak final ishtirokchisi va ikkita gol muallifiga aylangan[1].
2010-yilda 23 yoshlilar oʻrtasidagi Fors koʻrfazi kubogining chempioni va toʻpurari (4 oʻyinda 5 ta gol) boʻlgan. Shuningdek, 2010-yilda u Olimpiya terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlarining kumush medali sovrindori boʻlgan. 2010-yilda 19 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida u chorak final ishtirokchisiga aylandi va jamoasining yettita golidan oltitasini kiritgan
Umuman olganda, u BAA oʻsmirlar terma jamoalarida 70 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.
Milliy terma jamoada
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 2008-yilning 10-yanvarida Xitoyga qarshi oʻyinda BAA kattalar jamoasida debyut qilgan. 2009-yil 21-yanvarda Malayziya terma jamoasi darvozasiga birinchi golini urgan.
2011-yilgi Osiyo Kubogida u uchta oʻyinda ham qatnashgan, jamoasi birorta ham gol ura olmagan va guruhdan chiqa olmagan. Keyingi Osiyo Kubogida, 2015-yilda u 4 ta gol urib, bronza medali sohibi va turnirning ikkinchi toʻpurari boʻldi — u guruh bosqichida Qatarga (4:1) ikkita gol urgan.
2019-yilda u Osiyo kubogi uchun milliy terma jamoaga kiritilgan. Oʻz jamoasining birinchi golini Bahrayn terma jamoasiga qarshi oʻyinda penaltidan kiritgan. 1/8 final doirasidagi Qirgʻiziston terma jamoasiga qarshi oʻyinda Ahmad yana oʻyinning 103-daqiqasida penaltidan gol urgan. Bu to‘p BAAga qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga oʻtish imkoniyatini bergan[2].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilda u Osiyoda „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ deb topilgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ahmadning otasi Xalil Sebayt ham professional futbolchi boʻlib, Quvaytda oʻynagan. Ahmadning toʻrt akasi ham futbol oʻynagan, ulardan biri Faysal Xalil terma jamoa safida oʻynagan.
Xalqaro oʻyinlarda urgan gollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 18-fevral holatida[3]
Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi | ||
Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|
2008 | 7 | 0 |
2009 | 5 | 1 |
2010 | 5 | 3 |
2011 | 12 | 6 |
2012 | 3 | 0 |
2013 | 13 | 8 |
2014 | 15 | 5 |
2015 | 13 | 14 |
2016 | 11 | 6 |
2017 | 7 | 2 |
2018 | 6 | 1 |
2019 | 8 | 2 |
Jami | 105 | 48 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „http://www.alittihad.ae/details.php?id=80565&y=2010“.
- ↑ Азиатская конфедерация футбола prinyala reshenie ne provodit match za trete mesto na Kubke Azii 2019. V reglamente turnira ne utochnyalos, predpolagalos li vruchat bronzovie medali igrokam komand, proigravshix v polufinalax turnira. AFC Asian Cup UAE 2019 Competition Regulations. — 2019. — 56 p.
- ↑ Roberto Mamrud. „Ahmed Khalil Sebait Mubarak Al-Junaibi - Goals in International Matches“. RSSSF. Qaraldi: 2017-yil 16-yanvar.