Kontent qismiga oʻtish

Akvilegiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akvilegiya (lot. Aquilegia — suvyigʻar) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Poyasi tik (25-70 sm), gullari uzun pixli koʻk, binafsha, qizil yoki och qizil; gulkosasi 5 bargli. Mevasi oʻzaro tutashmagan tuda urugʻchibarglardan iborat. 50 ga yaqin turi bor. Yevropa, Osiyo va Amerikada (oʻrmon chetlari, daryo boʻylari va togʻlarda) tarqalgan. 9 turi bor, koʻproq Markaziy Osiyo, qisman Sibir va Uzoq Sharkda uch-raydi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi togʻlarda A.ning ikki turi yovvoyi holda oʻsadi. Oddiy Akvilegiya (A. vulgaris) gulzorlarga ekiladi[1].

Aquilegio vulgaris
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil