Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Kuprin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Kuprin
Tavalludi 1880-yil 10-mart
Voronej guberniyasi, Rossiya imperiyasi
Vafoti

1960-yil 18-mart (79-yosh)
Moskva,

SSSR
Fuqaroligi sovet
Kasbi rassom
Mukofotlari RSFSRda xizmat ko'rsatgan rassom

Aleksandr Vasilyevich Kuprin (1880-yil 10-mart, Voronej guberniyasi, Rossiya imperiyasi – 1960-yil 18-mart, Moskva, SSSR) – sovet rassomi, RSFSRda xizmat koʻrsatgan rassom (1956-yil), SSSR Badiiy akademiyasining aʼzosi (1954-yil)[1].

Aleksandr Kuprin Voronej guberniyasidagi kichik shaharchalardan birida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. Uning oilasi 1893-yildan Voronej guberniyasida yashay boshlashgan. 1896-yilda otasi vafotidan oldin u Voronej gimnaziyasida tahsil olgan. Moliyaviy tomondan yetishmovchiliklar tufayli temir yoʻl boshqaruvida xizmatchi boʻlishga majbur boʻlgan. Bu vaqtda uning sanʼatga boʻlgan qiziqishi tufayli Voronejdagi Obshestve lyubiteley xudojestv rassomchilik va chizmachilikka ixtisoslashgan maktabining kechki sinflarida oʻqiy boshlagan. Rassom boʻlishga qaror qilib, 1902-yilda u Sankt-Peterburgga oʻqishga borgan[2].

1904-yilgacha L. E. Dmitriev-Kavkazskiy maktabida oʻqigan. Keyinchalik u Moskvaga koʻchib oʻtgan va ikki yil davomida K. F. Yuon va I. O. Dudinlarning qoʻlida ishlagan. 1906-yilda u Moskva rassomchilik, haykaltaroshlik va arxitektura institutiga oʻqishga kirgan. 1907-yil 1-yanvardan u Konstantin Alekseyevich Korovin dars beradigan sinfga oʻtkazilgan. Biroq, bir oy oʻtgach, sil kasalligiga chalinganligi maʼlum boʻladi va u shifokorlarning talabiga binoan Qrimga ketishga majbur boʻlgan. 1908-yilda shifokorlar unga Moskvaga qaytishga ruxsat berishgan va Kuprin institutda oʻqishni davom ettirgan.

1910-yilda institutni tugatgan va undan soʻng deyarli 14 yil davomida u kubistik uslubda natyurmortlar chizish bilan shugʻullangan[2].

1913—1914-yillarda Italiya va Fransiyada boʻlgan.

1925-yildan – Moskva rassomlari ijodiy uyushmasi aʼzosi boʻlgan. 1928-yildan Kuprin Moskva toʻqimachilik institutida chizmachilik va rassomchilikdan dars bera boshlagan. 1929-yil iyun oyida rassomlik kafedrasi professori ilmiy unvoni bilan taqdirlangan va u yerda oʻsha davrning mashhur rassomlari Aleksandr Vasilyevich Shevchenko va Robert Rafailovich Falk bilan uchrashgan. 1930 yilda u Dnepropetrovsk va Moskvadagi zavodlarni tasvirlab, sanoat landshafti ustida oʻzining sanʼat asarlarini yarata boshlagan. U asosan urushdan oldin rus tabiatini, urushdan keyin esa Qrim manzaralari oʻzining sanʼat asarlarida aks ettirgan[3].

1954-yilda Kuprin SSSR Badiiy akademiyasining aʼzosi etib tayinlangan, 1956-yil 13-sentyabrda esa RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.

Aleksandr Kuprinning aksariyat asarlari Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyida[4] va Toshkentdagi Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi, shuningdek, Rossiya davlat muzeyi, Qrimdagi muzeylarda va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.

U Moskvadagi Novodevichy qabristoniga dafn etilgan[1].

  1. 1,0 1,1 Gureva T. G. Aleksandr Vasilevich Kuprin. – M.—L.: „Sovetskiy xudojnik“, 1950.
  2. 2,0 2,1 „Куприн Александр Васильевич. Биография и работы“. 2017-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-oktyabr.
  3. „Бахчисарай. Чурук-Су. Полдень - Виртуальный Русский музей.“.
  4. „Государственный музей искусств имени И. В. Савицкого“.