Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Neverov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Neverov
Tavalludi 24-dekabr 1886
Vafoti 24-dekabr 1923
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR

Aleksandr Sergeyevich Neverov (taxallusi; asl ism-sharifi Aleksandr Sergeyevich Skobelev) (1886.24.12, Stavropol uyezdi, Novikovka qishlogʻi – 1923.24.12, Moskva) – rus yozuvchisi. Qishloq maktablarida oʻqituvchilik qilgan. Dehqonchilik hayotidan olingan ilk hikoyasi 1906-yilda nashr etilgan. 1917-yilgacha boʻlgan ijodida, asosan, yarim och, yarim yalangʻoch holda yashagan dehqonlar va qishloq ziyolilari hayoti tasvirlangan. Oʻtgan asrning 20-yillari boshlarida Volga boʻylarida avj olgan ochlik Neverovni rizq-roʻz axtarib Oʻrta Osiyoga kelishga majbur etgan. Shu davr taassurotlari Neverovning qator hikoyalari va "Toshkent – non shahri", „Gʻozu oqqushlar“ (1923) kabi qissalarida oʻz ifodasini topgan. Mishka Dodonovning mehridaryo kishilar tufayli omon qolishi tasviriga bagʻishlangan „Toshkent – non shahri“ qissasi Neverov ijodida alohida oʻrin egallaydi. Qissa oʻzbek tiliga tarjima qilingan va shu asar asosida kinorejissor Sh.Abbosov ayni nomda kinofilm yaratgan[1].

  1. OʻzME Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil