Amirlik
Qiyofa
Amirlik — islom mamlakatlarida amir tomonidan boshqariladigan mulk, viloyat. Arab xalifaligi davrida bunday mulk boshligʻi xalifa tomonidan tayinlangan yoxud tasdiqlangan. Xalifalik parchalangach hamda 20-asr gacha ham mustaqil, ham vassal mulklar A. deb atalgan (mas, Arabiston yarim oroldagi Najd, Shammor, Asir, hozirgi Birlashgan Arab amirliklari va boshqalar). Muayyan davlat bir-lashmasining A. deb atalishi shartli boʻlib, tarixshunoslikda qabul qilingan anʼanaga bogʻliq (mas, Buxoro amirligi).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |