Antratsen
Qiyofa
Antratsen, — kondensirlangan uchta benzol yadrosidan iborat aromatik uglevodorod. Mol. m. 178,24. Rangsiz kristall, eritma va suyuqlikda saqlanib qoluvchi binafsha rangda fluoressensi-yalanadi (tovlanadi). Suyuqlanish temperaturasi 216°, qaynash temperaturasi 342°. A. toshkoʻmir smolasi tarkibida 0,3 — 0,5% boʻladi va shu smolani haydash jarayonida 270 — 360°da ajralib chiqadigan antratsen moyidan olinadi. A. birinchi marta 1832-yilda toshkoʻmir smolasi tarkibida topil-gan. A. oksidlansa antraxinon boʻyoqlar olish uchun ishlatiladigan muhim oraliq mahsulot — antraxinon hosil boʻladi. Aromatik uglevodorodlarga xos reaksi-yalarga kirishadi: galogenlash, nitrola-nish, sulfidlanish va boshqa
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |