Kontent qismiga oʻtish

Barqsoʻz masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Barqsoʻz masjidi
Muqobil nomlari Barqsoʻz masjidi
Bargsoʻz masjidi
Umumiy maʼlumot
Turi masjid
Shahar Navoiy
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XX asr boshlari
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Barqsoʻz masjidi (Bargsoʻz masjidi) — Navoiy viloyati, Nurota shahri Oxunboboyev koʻchasida joylashgan yodgorlik. Masjid XX asr boshlarida Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mangʻitlar sulolasi davrida bunyod etilgan. Masjid Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Barqso’z masjidi ham o’tgan asrning boshlarida masjidning nurab qolgan binosi o’rniga mahalliy xalq homiyligi va hashar yo’li bir ustunli qilib qurilgan. Keyinroq guzarning tadbirkor boylari tomonidan to’rt ustunli qilib 9,5x9,5 o’lchamida qaytadan qurilgan. Bu masjid ham faoliyatini sho’rolar davrida to’xtatgan. Mustaqillik yillarida masjid yana faoliyat ko’rsata boshladi.

Barqsoʻz masjidi XX asr boshlarida qurilgan. Masjidning shifti 4 ta ustunga tayangan. Yodgorlik tashqi ayvonida 7 ta ustun mavjud[1]. Ushbu masjid guzar masjidi boʻlgan. Masjid tashqi ayvoning gʻarbiy qismining yuqorisida „Imon“, „Basmala“, „Shahodat“ kalimalari bitilgan. Ikki tomida esa „Alloh“ va „Muhammad“ soʻzlari ham bitilgan[2]. Masjid devorning chap tomonida esa marmarga suls xatida Qur’oni Karimning „Raʼd“ surasining 29-oyati bitilgan[3].

Ayvonning gʻarbiy tomonida esa Qur’oni Karimning „Baqara“ surasining 149-oyati yozilgan: „Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Qaysi joydan (safarga) chiqsangiz ham, (namozda) yuzingizni Masjidi Harom (Kaʼba) tomonga oʻting! Ushbu (buyruq) Parvardigorning tarafidan (aytilgan) haqiqatdir. Alloh qilayotgan ishlaringizdan gʻofil emasdir“[4]. Mazkur bitikning oxirida ham yozuv boʻlib, Qur’oni Karimning „Ahzob“ surasining 41-oyati keltirilgan[5].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barqsoʻz masjidi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Masjid qurilishida yogʻoch, ganch va boshqa materiallardan keng foydalanilgan. Barqsoʻz masjidi XX asr boshlarida xalq homiyligi bilan qayta quriladi. Keyinchalik mahalliy tadbirkorlar tashabbusi bilan toʻrt ustunli qilinib, 9,5x9,5 oʻlchamda qayta bunyod etiladi. Masjid faoliyati sovet yillarida toʻxtatilgan. Oʻzbekiston mustaqilllikka erishgach, masjid qayta faoliyat koʻrsatgan[6].

  1. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 195.
  2. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 197.
  3. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 198.
  4. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 199.
  5. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 200.
  6. „Баргсўз масжиди“. hazratnavoi.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.

Ilmiy adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н, Раззоқов А, Раҳимов К. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий. Тошкент: Uzbekistan Today, 2015 — 376-bet. ISBN 978-9943-4509-5-0.