Blinkkomparator
Blinkkomparator — yulduzlar osmoni biron bir qismining bir necha marta olingan fotosuratlarini oʻzaro taqqoslab tekshirishda ishlatiladigan asbob. Blinkkomparator oʻzgaruvchan yulduzlar, kinik sayyoralar, kometapar va yulduzlarning yirik xususiy harakatlarini tezda aniklash imkoiini beradi. Blinkkomparator da bir vaqtda ikkita fotosuratni solishtirish va oʻlchash mumkin. Blinkkomparator maʼlum bir osmon jismining ikkita fotosuratdagi tasvirlarini prizmalar yordamida yagona okulyarning koʻrish maydoniga yoʻnaltira oladigan qilib yasalgan. Okulyar ichida goh birinchi tasvirni, goh ikkinchi tasvirni kurishga imkon beradigan moslama mavjud. Odatda, bunday moslama yo qoʻl bilan, yoki avtomatik usulda harakatga keltiriladi. Oqibatda kuzatuvchi yuqoridagi aytilgan jarayonlarni osongina koʻrish va oʻlchash imkoniga ega boʻladi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya institutida zamonaviy Blinkkomparator mavjud.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |